Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi hamda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti huzuridagi Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazi negizida Raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tashkil qilindi.
Institut yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan davlat ilmiy muassasasi boʻladi. Uning xodimlariga Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash miqdorlari va shartlari tatbiq etilishi belgilangan.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Institut tuzilmasida Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda Institutning “Intellektual dasturiy tizimlar” qoʻshma laboratoriyasi tashkil etiladi.
Institutga respublikadagi ilmiy tashkilotlar va oliy taʼlim muassasalarining raqamli texnologiyalar va sunʼiy intellekt sohasida amalga oshirayotgan ilmiy va oʻquv faoliyatiga, jumladan, TATU Fargʻona filiali huzurida tashkil etilayotgan Raqamli texnologiyalar ilmiy-innovatsion markaziga yaqindan koʻmaklashish hamda hamkorlik aloqalarini oʻrnatish boʻyicha qoʻshimcha vazifa yuklatiladi.