To’lov tashkilotlarining soni ko’payib borayotgani qonunchilikning yaxshi ishlayotganidan dalolatdir. Ushbu xizmatlarning aksariyati deyarli 10 yildan buyon ishlab kelmoqda, ammo rasmiylar to’lov tashkilotining konseptsiyasi va litsenziyalar berishni faqat o’tgan yili joriy qildilar.
Joriy yilning aprel oyida “Interpay Sys” jamiyatiga to’lov ishlarini amalga oshiruvchi tashkilot maqolmiberilgan edi.
Toʻlov tashkiloti litsenziyasiga ega boʻlgan “InterpaySys” MCHJ tomonidan “Interpay” elektron pullar tizimi faoliyatini tashkil etish hamda “Kapitalbank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan mazkur elektron pullar tizimining emitenti sifatida elektron pullarni chiqarish faoliyati boʻyicha taqdim etilgan hujjatlar oʻrganib chiqildi.
“Oʻzbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni chiqarilishi va muomalada boʻlishi qoidalari"ga koʻra, joriy yilning 3-avgust kuni “Interpay” elektron pullar tizimi Markaziy bankning Elektron pullar tizimi reyestriga kiritildi va elektron pullar chiqarilishiga ruxsat berildi.