Microsoft 2-avgustda Windows 365 “bulutli” biznes operatsion sistema obunasini ishga tushirdi va 3-avgustda bepul sinovni toʻxtatdi.
Kompaniyaning “bulutli” sinov uchun moʻljallangan hamda shaxsiy kompyuterlar uchun ajratilgan joy tugab qoldi. Bepul versiya ikki oylik sinov muddatiga chiqarilishi mumkin edi, biroq endilikda Windows 365-dan foydalanish uchun obuna toʻlovini amalga oshirish kerak.
Microsoft-ning Windows 365 uchun dasturlarni boshqarish boʻyicha direktori Skott Manchester kompaniyaning bulutli maydonini kengaytirganda sinov obunalari qayta tiklanishini tushuntirdi.
Windows 365-ni sinab koʻrgan, lekin shaxsiy kompyuterini ishga tushirmagan mijozlar kirish kodlari endi yaroqsizligi toʻgʻrisida bildirishnoma olishdi.