“Oʻzsuvtaʼminot” AJ va “Oʻzbektelekom” AK birgalikda billing tizimini sinovdan oʻtkazdi. Bu haqda “Uzreport” xabar berdi.
Mazkur tizimini amalga oshirishdan koʻzlangan asosiy maqsad suv taʼminoti va kanalizatsiya sohasida yagona axborot hisobi tizimini yaratish, isteʼmolchilarning shaffof va maqsadli hisobini taʼminlash, debitorlik va hisob fakturalarini hisobga olishni maqsad qilib qoʻyish, qarzdorlik shakllanishining oldini olishdan iborat.
Bundan tashqari:
- aholi va suv taʼminoti inspektorlari uchun mobil ilova (shaxsiy kabinet, ichimlik suvi uchun toʻlov, murojaatlarni tizim orqali yuborish);
- hisobotlarni kerakli koʻrinishda olish imkoniyati;
- shaxsiy kabinetga kirish boʻyicha muammolarni bartaraf etish;
- abonentlarga xizmat koʻrsatish sifatini tubdan yaxshilash va boshqaruv xarajatlarini kamaytirish.
Yangi billing tizimining nima afzalliklari bor
Xabarda tushuntirilishicha, aholi, yuridik shaxs va inspektorlar uchun mobil ilova ishlab chiqilgan. Ushbu ilova orqali abonentlar oʻzlarining joriy balansini bilib turishlari va ichimlik suvi hamda kanalizatsiya xizmatlari uchun toʻlovlarni elektron shaklda amalga oshirishlari mumkin.
Bundan tashqari, my.gov.uz dasturlari orqali kelib tushayotgan murojaatlarni maqbullashtirish imkoniyati ham mavjud.
Eslatib oʻtamiz, Respublika boʻyicha yangi billing tizimining toʻliq ishga tushirilishi 2021-yil 1-sentyabrdan yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.