Alice rusumli samolyotlar 1179 kg yuk tashishga qodir va ularning maksimal parvoz masofasi 815 km, deb yozadi Bloomberg.

Samolyotni yuk ortish yoki tushirish vaqtida zaryadlash mumkin, bu 30 daqiqa davom etadi. Uchoq bitta uchuvchi tomonidan boshqariladi.

Elektrosamolyotlar DHL parkiga 2024-yilda keladi va Kaliforniyada shoshilinch yetkazib berish uchun ishlatiladi. Bloomberg taʼkidlaganidek, kompaniya Alice-ni toʻqqiz kishilik yoʻlovchi samolyoti sifatida loyihalashtirgan.

Ammo DHL bilan tuzilgan shartnoma tufayli u dunyodagi birinchi akkumulyatorli yuk tashuvchi boʻladi. Birinchi parvoz 2021-yil oxiriga rejalashtirilgan.

Maʼlumot uchun, DHL bu tovar va hujjatlarni tezkor yetkazib berish boʻyicha xalqaro kompaniya boʻlib, jahon logistika bozorida yetakchilardan biri hisoblanadi. Kompaniya 1969-yilda Qoʻshma Shtatlarda San-Fransisko va Gonolulu oʻrtasida hujjatlarni tashish uchun tashkil etilgan, ammo tez orada DHL oʻz faoliyatini butun dunyo boʻylab kengaytirgan.