“UZTELECOM” aloqa operatori barcha mobil qurilma foydalanuvchilariga IMEI-kodlar bilan bog’liq muammoni yechishga ko’mak berishi haqida xabar berdi.
Endilikda IMEI kodlarini ro‘yxatga olish, tekshirish va blokdan chiqarish endi UZTELECOM GSM/CDMA savdo va xizmat ko’rsatish ofislarida amalga oshiriladi.
Respublikada joylashgan aloqa operatorining ofislari to’liq ro’yxati bu yerda.
Ma’lumot uchun: yanvar oyida IMEI-kodlarni ro’yxatdan o’tkazish tartibi o’zgartirilgan edi.
Unga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi hududida mobil qurilmalar chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari mobil qurilmalarni respublika hududiga olib kirish sanasidan qat’i nazar, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun javobgar bo‘ladi.