“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning Call markaz raqami — +998 (55) 500−5545 ishga tushdi. Bu haqda Energetika vazirligining telegramdagi rasmiy kanali xabar berdi.

Dastlab qoʻngʻiroqni vertual operator — robot qabul qilib, oʻzbek va rus tillarida “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ haqida qisqacha ma’lumotlar beradi.

Soʻng robot iste’molchilarga elektr ta’minoti, jumladan “aqlli hisoblagich"lar, mahallalardagi temir-beton tayanch va transformatorlar yuzasidan taklif, shikoyat yoki arizalar mavjud boʻlsa, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning iste’molchilar uchun maxsus tashkil etilgan Call markaz qisqa — 1154 raqamiga qoʻngʻiroq qilishni tavsiya etadi.

“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining Call center raqami — +998 (55) 500−5545 yuqorida zikr etilgan masalalarni qisqa bayon qilgach, qoʻngʻiroq egasiga operator bilan bogʻlashni taklif etadi va robot avval Yagona raqam, soʻng Ishonch va Kanselyariya raqamlari bilan bogʻlaydi.