Prezident farmoni (PF-6274-son, 05.08.2021-y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda Huquqiy axborot telegram kanali xabar berdi.
Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq, bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari asosida uy-joylarning qiymati har yili Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tomonidan belgilanadi va har olti oyda qayta koʻrib chiqiladi.
Ilgari Moliya vazirligi tomonidan belgilangan.
2021-yilda yangi tartib boʻyicha ipoteka kreditlari asosida quriladigan uylarning soni 2006 taga koʻpaytirilib, 35 120 ta etib belgilandi.
Shuningdek, ipoteka kreditlari boʻyicha ajratiladigan subsidiya miqdori 960,4 mlrd. soʻmdan 1 trln 97 mlrd soʻmga oshirildi.
️Qishloq joylaridagi uy-joylarga boshlangʻich badal uchun subsidiyaning eng koʻp miqdori 28 mln soʻmdan 31 mln 500 ming soʻmga koʻpaytirildi.
Joriy yilning fevral oyida ipoteka kreditlari bo’yicha shartlar o’zgargan edi.
Nizomga ko‘ra, Moliya vazirligi tomonidan banklarga ajratiladigan mablag‘lar va banklar tomonidan qarz oluvchilarga beriladigan ipoteka kreditlari 20 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga bozor stavkasida ajratiladi.