Spot bir muddat avval KIA kompaniyasi Oʻzbekistonda yana 2 turdagi yangi avtomobillar sotuvini boshlashi yozgandi. Maʼlumotlariga koʻra, avgust oyidan boshlab Stringer (649 900 000 soʻmdan boshlanadi) va Carnival (499 900 000 soʻmdan boshlanadi) modellarining sotuvi rasman boshlangan.
Kompaniya eng avval faqat ikkita — Seltos va K5 modellarini taklif qilgan boʻlsa, roʻyxatga keyinchalik Sorento va Soul ham qoʻshilgan.
Maʼlumot uchun, Kia 2020-yil kuzida Oʻzbekistonda avtomobillarni yigʻishni boshladi. Kompaniyaning taʼkidlashicha, Jizzaxdagi ishlab chiqarish liniyasi Kia kompaniyasining Rossiyadagi shtab-kvartirasi nazorati ostida yaratilgan.
Shuningdek, birinchi bosqichda yangi korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 25 mingta avtomobilni tashkil qilishi aytilgandi. Reja boʻyicha kelajakda payvandlash va boʻyash tsexlari ishga tushirilgach, u 100 mingtagacha koʻpayishi kerak.