Tizim loyihasini amalga oshirish muddati 2022-yil dekabrda belgilangan. Sohadagiamalga oshirilayotgan ishlar haqida “O'zbekneftgaz” matbuot xizmati xabar berdi.
Tizimni joriy etishda:
- Xavfli ishlab chiqarish obyektlar boshqaruvi samaradorligining oshishi;
- Aniq va toʻgʻri ma’lumot olinishi ta’minlanishi;
- Avariyalar va noxush hodisalarning hisobi hamda sabablari tahlil qilinishi;
- Ishlab chiqarish nazorati tashkil etilishi va amalga oshirilishining nazorat qilinishi;
- Texnologik uskunalarga texnik xizmat koʻrsatish va texnik koʻrikdan oʻtkazilishi tahlil qilinib, ushbu tahlil hamda uskunaning texnik holatining nazorat qilinishi;
- Boshqarma va korxonalarda sanoat xavfsizligi sohasida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar, sanoat xavfsizligi va texnik nazorat sohasida qoida talablarining bajarilishi va buzilishi yuzasidan ogohlantirilishi;
- Xavfli ishlab chiqari ob’yektlarida sodir boʻlgan oʻzgarishlar, sanoat xavfsizligi sohasida normativ hujjatlar, litsenziya va ruxsatnomalar amal qilish muddatlari yuzasidan habar berilishi;
- Xavfli ishlab chiqari ob’yektlarida oʻtkazilgan ishlab chiqarish nazorati tekshiruvlari davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarining bajarilganligi yuzasidan habar berilishi;
- Texnologik uskunalarni texnik koʻrik va texnik diagnostikadan oʻtkazilishining tahlilini olib borish va kelib chiqishi mumkin boʻlgan toʻxtalishlarning oldini olinishi;
- Texnologik uskunalarning himoyalanganlik darajasini (nazorat oʻlchov vositalari, himoya klapanlari, blokirovkalar) nazorat qilinishi kabilar ko’zda tutilgan.