SpaceX ikki prototipni bogʻladi, Starship kosmik uchogʻi oʻta ogʻir kema hamda tarixdagi eng baland yigʻilgan raketadir, deb xabar berdi TechCrunch.
Birinchi marta Starship tizimining ikkita elementi toʻliq birlashtirildi. Raketaning umumiy balandligi taxminan 120 metr. Uchish maydonchasining umumiy balandligi esa 145 metrni tashkil etadi, bu Gizadagi Xeops piramidasidan (taxminan 136 metr) baland hisoblanadi.
Starship-ning ikki pogʻonali toʻlaqonli prototipi birinchi orbital parvozni amalga oshiradi. Biroq parvoz sanasi sir saqlanmoqda.
Biroq shunisi maʼlumki, SpaceX raketadan Oy va Marsga parvozlar uchun foydalanmoqchi.
Avvalroq Spot SpaceX 2022-yilda birinchi suzuvchi kosmodromni ishga tushirishi haqida yozgan edi.