TikTok ilovasiga egalik qiluvchi ByteDance kompaniyasi Xitoy hukumati tomonidan o’tkazilayotgan bosimga qaramasdan IPO o’tkazishni rejalashtirmoqda.
Birlamchi ommaviy joylashtirish 2021-yilning IV choragida yoki 2022-yilning I choragida o’tkazilishi mumkin. Aksiyalar Gongkong fond birjasida joylashtiriladi.
“Biz sentyabr oyida yakuniy qaror berilishini kutmoqdamiz. Hozirda kompaniya listingdan o’tish uchun hukumatda kerakli hujjatlarni taqdim etish bilan band”, — deya xabar qildi FT nashri.
So’nggi bir necha oyda, kompaniya xitoy regulyatori tomonidan foydalanuvchilar ma’lumotlarini saqlash va himoya qilish xavfsizligi yuzasidan nazoratga olingan.
Ogohlantirish kompaniyaning IPO rejalaridan voz kechishiga sabab bo’ldi. Kompaniyaning asoschisi Chjan Imin mart oyining oxirida nazorat qiluvchi organlar vakillari bilan uchrashuvlardan so’ng rejalarni to’xtatishga qaror qildi.
IPOni kechiktirishning yana bir sababi sifatida, o’sha paytda moliyaviy direktorning yo’qligini ham bo’lgan.
Nashr ta’kidlaganidek, Bytedance AQShda yoki Gonkongda IPO o’tkazishni rejalashtirgan. Kompaniya butun biznesni yoki uning ba’zi filiallarini ro’yxatga olish variantlarini ko’rib chiqdi.
O’tgan yilning dekabr oyida bo’lib o’tgan oxirgi moliyalashtirish bosqichi doirasida investorlar Bytedance kompaniyasining qiymatini taxminan $180 mlrdga baholadilar.