LinkedIn Oʻzbekistonda soliq toʻlovchilar roʻyxatidan oʻtgan, bu Davlat soliq qoʻmitasi maʼlumotlariga asoslanadi.
Mazkur ijtimoiy tarmogʻi 2002-yilda yaratilgan professional aloqalar platformasi hisoblanadi. U 2016-yil iyun oyida sayt Microsoft tomonidan $26,2 mlrd ga sotib olingan.
Kompaniyaning Oʻzbekistondagi soliq organlarida roʻyxatdan oʻtganligi shuni koʻrsatadiki, endi xizmatlar uchun haq toʻlashda 15% QQS ham undiriladi.
2020-yil boshidan buyon sotish joyi Oʻzbekiston boʻlgan xizmatlar va tovarlarni elektron shaklda sotadigan xorijiy yuridik shaxslar jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan bunday xizmatlar boʻyicha soliq toʻlovchilar deb tan olingan.
Ma’lumot uchun, soliq qoʻmitasida Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy internet kompaniyalarga roʻyxatdan oʻtishga va soliq toʻlashni boshlashga imkon beradigan QQS-ofis yaratilgan.
Avvalroq Spot qaysi turdagi texnologik qurilmalar bojxona boji va QQS dan ozod etilishi haqida yozgan edi.