McDonaldʼs rahbarlari AQShdagi tarmoq restoranlari yetkazib beruvchilaridan qogʻoz sumkalarga kamroq buyurtma berishni soʻrashdi. Kompaniya 2021-yilda ishlatilgan paketlar soni 2020-yildagi yuqori koʻrsatkichlardan oshib ketishi haqida xat yubordi.
Mijozlar, hatto restoranlarda ovqatlanayotganda ham tovoqlar ishlatmaslikni afzal koʻrishadi. Baʼzi tarmoq xodimlarining oʻzlari buyurtmalarni faqat paketlarda topshirishga odatlangan.
“Bizning koʻplab yangi jamoamiz aʼzolari ilgari hech qachon idishlar ishlatmagan. Idishlar ishlatishga qaytish sekinroq va qiyinroq boʻlib chiqdi, chunki biz buni uzoq vaqtdan beri qilmaganmiz”, — deya taʼkidladi franshiza rahbarlaridan biri.
Wall Street Journal-ning yozishicha, McDonaldʼs 2020-yilda olib ketish buyurtmalari keskin oshganida markali paketlar tanqisligiga duch kelgan. NPD Group maʼlumotlariga koʻra, 2020-yil iyul oyining boshidan 2021-yil iyun oyining oxirigacha AQShdagi restoranlarning umumiy daromadidagi bunday buyurtmalarning ulushi 80% dan oshgan.
Pandemiya qogʻoz mahsulotlari narxiga jiddiy taʼsir koʻrsatdi. Tovarlarni yetkazib berish buyurtmalarining koʻpayishi ortidan butun dunyo boʻylab qadoqlash materiallariga talab oshdi. Karton, qadoqlash qogʻozlari va ular uchun xom ashyo 2020-yil oxirida qimmatlasha boshladi. Amerikaning yogʻoch va qogʻoz sanoati assotsiatsiyasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilda oqartirilmagan qadoqlash qogʻozi 12% ga oshdi.
Defitsit muammosi amerikalik “fastfudchilar” uchun yangilik emas. Aprel oyida tarmoqlar ketchup paketlarining yetishmovchiligiga duch keldi. Buyurtmalar koʻp boʻlganligi sababli, koʻplab yirik zanjirlar ushbu mahsulotning ikkinchi darajali yetkazib beruvchilarini izlashga majbur boʻlishgan.
Avvalroq Spot pandemiyaning McDonaldʼs ish rejimiga oʻtkazgan taʼsiri haqida yozgan edi.