“Toshshahartransxizmat” AJda raqamlashtirish holati oʻrganildi. Tadbir davomida Velos sity loyihasi yoʻlga qoʻyilishi haqida maʼlum qilindi.
Unga koʻra, Toshkent markazidagi Milliy bogʻdan — Yunusobod tumanining 12-dahasigacha veloyoʻlak tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
Loyihaga koʻra, veloyoʻlak yoʻnalishi 13 ta joydan oʻtadi. Ular orasida “Xalqlar doʻstligi” metro bekati, “Oʻzbekiston” metro bekati, “Toshkent univermagi” (ЦУМ), Temuriylar tarixi muzeyi, Oloy bozori, “Minor” metro bekati, Bodomzor koʻchasi, TATU, Toshkent teleminorasi (Shahriston koʻchasi), “Universam”, “Megaplanet” gipermarketi bor.
Loyiha haqida boshqa qoʻshimcha maʼlumot berilmagan.
Avvalroq Spot avtomobilga displey oʻrnatish, rulda quloqchinlardan foydalanish va litsenziyasiz yoʻlovchi tashish kabi qonunchilikdagi yangi oʻzgarishlar haqida yozgan edi.