Apple-ning keyingi iPhone-lariga kamida uchta kamera funksiyasini qoʻshadi, deya yozmoqda Bloomber.

Funksiyalarga video tasvirga olish uchun “Portret” rejimi, ProRes deb nomlangan yuqori sifatli video yozish funksiyasi va rasmlarning koʻrinishi hamda rangini yaxshilash uchun filtr tizimi kiradi.

ProRes HD va 4K piksellar sonida video suratga olish imkonini beradi, u yuqori sifatli suratga olishi bilan ProRaw-ni eslatib yuboradi. Filtrlar fotosuratni toʻliq emas, balki sunʼiy intellekt yordamida oʻzgartirishga imkon beradi.

Yangi model sentyabrda sotuvga chiqariladi. Kameraning yangi xususiyatlaridan tashqari, qurilmada yangi A15 chip, kameraning kichikroq ekrani va uni silliq siljitish uchun yangilangan texnologiya mavjud boʻladi.

Maʼlumot uchun, Apple birinchi marta “Portret” rejimini iPhone 7 Plus-ga qoʻshgan. Funksiya odamning tasvirini yana-da aniqroq qilib, fonni xiralashtirishga imkon beradi.

Avvalroq Spot Apple 3 oy ichida $40 mlrd lik Iphone sotganligi haqida xabar bergan edi.