Saudi Aramco neft qazib oluvchi yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi. BBC nashrining xabar berishicha, joriy yilning ikkinchi choragida kompaniya ko’rgan foyda $25,5 mlrdni tashkil etdi.

Bu ko’rsatkich tahlilchilar kutgan natijadan yuqori bo’ldi. Bunga sabab, butun dunyoda karantin choralarining yumshatilishi va “to'planib qolgan” ehtiyotlarning yana yuzaga chiqishi bo’ldi.

Joriy yilning bahorida Saudi Aramco foydasi 2020-yilga qaraganda 2 barobarga pasaygan edi.

Pandemiya sabab talabning ortib borishi va OPEC+ tashkiloti tomonidan neft qazib olish miqdorining oshirilishi kompaniyaga kutilgan foydani olib keldi.

Estalma: iyun oyining o’rtalarida Brent neft markasi birjalarda barreli uchun $71 dan sotilayotgani haqida ma’lumot berilgan edi.

Iyul oyining oxirlarida esa xakerlar Saudi Aramco’ning ma’lumotlar bazasiga hujum qilishgan va evaziga $50 mln tovon puli talab qilishgan.

AP xabariga ko’ra, jurnalistlar darknet tarmog’ida xakerlar tomonidan o’g’irlangan ma’lumotlar saytini topishga muvaffaq bo’lishdi. Ma’lum bo’lishicha, kiber firibgarlarda Saudi Aramco kompaniyasining taxminan bir terabayt korporativ ma’lumotlari bo’lgan.