2021-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan avtotransport vositalarining soni 2 955 295 tani tashkil etgan. Bu haqda davlat statistika qoʻmitasi maʼlum qilmoqda.
Avtomashinalar soni 2020-yilga nisbatan 14,5% ga koʻpdir. Shuningdek, jami avtotransport vositalaridan:
- yengil avtomobillar — 2 767 126ta;
- yuk avtomobillari — 168 810ta;
- avtobuslar — 5 711ta;
- mikroavtobuslar — 8 518ta;
- maxsus transportlar — 5 130ta.
Avvalroq Spot Prezident Shavkat Mirziyoyev “Transport toʻgʻrisida"gi qonunni imzolaganligi haqida yozgan edi.