Google oʻz xodimlariga yangicha tartibda oylik toʻlamoqchi. Kompaniya xodimlariga uzoqda yoki ofis yaqinida yashaganda qanday ish haqi olishlarini taqqoslovchi hisobotni taqdim etdi, bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Iyun oyida yashash joyiga asoslangan ish haqi tizimi ishga tushirildi. Masalan, Google xodimi odatda qoʻshni okrugdan ofis hududiga yetib kelishlari uchun ikki soat vaqt sarflaydilar. Agar u toʻla vaqtli uyida ishlasa, maoshining 10 foizini yoʻqotadi.

Google-ning ichki kalkulyatoridan olingan skrinshotlar shuni koʻrsatadiki, agar ish joyi ofisdan uzoqda boʻlsa, xodimlarning ish haqi 5−25% gacha oʻzgarishi mumkin.

Google xodimlariga ofis joylashgan shahar yoki shtatda yashovchilar ish haqini maksimal stavkada olishini tushuntirdi. Agar xodim ofis joylashgan shahardan uzoqda yashashga oʻtsa, ish haqi shunga mos ravishda boʻladi.

Avvalroq Spot Apple oʻz xodimlarini ofisdan ishlashga chaqirganligi, biroq ular bundan norozi boʻlganligi haqida yozgan edi.