Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish tizimida oʻzgarishlar boʻladi.
Farmonga koʻra, 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab amalda boʻlgan kam taʼminlangan oilalarga 14 yoshgacha bolalari uchun nafaqa va 2 yoshgacha bolani parvarish qilish nafaqasi oʻrniga yagona bolalar nafaqasi joriy etiladi.
Bunda, ushbu nafaqani tayinlashda:
- bolalar yoshi meʼyori 14 yoshdan 18 yoshgacha oshiriladi;
- toʻlov muddati 6 oydan 12 oygacha uzaytiriladi;
- nafaqa miqdori oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilanadi;
- farzandi boʻlmagan yoki farzandlari 18 yoshdan katta boʻlgan kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanadi.
Bolalar nafaqasi va kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam toʻlovlarining quyidagi yangi miqdorlari belgilanmoqda. Unga koʻra, bolalar nafaqasi oilaning:
- 3 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bitta farzandi uchun — 250 000 soʻm (+56 000 soʻm);
- 3 yoshgacha boʻlgan bitta kichik farzandi uchun — 325 000 soʻm (+131 000 soʻm);
- ikkinchi farzandi uchun qoʻshimcha — 150 000 soʻm (+186 000 soʻm);
- uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun — 100 000 soʻmdan (amaldagi 190 ming soʻmdan 290 ming soʻmgacha koʻp);
- moddiy yordamning miqdori — 380 000 soʻm.
Avvalroq Spot ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ipoteka kreditlari boʻyicha kafilliklar berilishi haqida yozgan edi.