Coinbase-ning ikkinchi chorakdagi umumiy daromadi $2,2 mlrd ni tashkil etdi, deyiladi Amerika kompaniyasi aksiyadorlariga yoʻllagan maktubida.
Tranzaksiya yigʻimlaridan tushgan daromad $1,9 mlrd ni tashkil etdi. Bundan oldin FactSet tahlilchilari bu raqamni taxminan $1,57 mlrd ga, umumiy daromadni esa $1,78 mlrd ga yetishini prognoz qilishgandi.
Daromadning katta qismi treyderlardan keldi, bu birinchi chorakka nisbatan 26% ga koʻpdir.
Xususan, ikkinchi chorakda birja savdo hajmi $462 mlrd ga yetdi (oʻtgan davrga nisbatan+ 72,5%). Birinchi marta Ethereumning Coinbase umumiy aylanmasidagi ulushi bitkoinning 26% iga nisbatan 24% ni tashkil etdi. Boshqa aktivlarning savdo hajmidagi ulushi esa 50% koʻrsatkichni qayd etdi.
Avvalroq Spot 2050-yilga borib bitkoin oddiy pullar oʻrnini egallashi mumkinligi haqida yozgan edi.