Kiyim-kechak va sport tovarlari ishlab chiqaruvchi Adidas o’z tarkibida bo’lgan “Reebok” brendini sotish bo’yicha Authentic Brands Group bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bergan.
“Adidas bugun Reebok Authentic Brands Group (ABG) ni 2,1 milliard yevrogacha sotish to’g’risida aniq shartnoma tuzganini e’lon qildi”, — deyiladi kompaniya bayonotida.
Adidas matbuot xizmatining xabar berishicha , ko’rsatilgan summaning katta qismi darhol naqd pulda to’lanadi.
Kompaniya o’z aksiyadorlari orasida yopiq obuna tarzida qolgan pul miqdorini bo’lib olishi haqida xabar bergan.
Kelishuv 2022-yilning birinchi choragida yakunlanishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun: Adidas 2006- yilda Reebok’ni sotib oldi. Shartnoma Rockport, CCM Hockey va Greg Norman brendlarini o’z ichiga oldi, keyinchalik ular kompaniya tomonidan 400 million yevroga sotildi.