Xitoy hukumati mamlakat iqtisodiyotining yanada ko’proq qismini qattiq tartibga solishni nazarda tutuvchi besh yillik rejani e’lon qildi.
2025-yil oxirigacha hisoblangan 10 banddan iborat reja Xitoy Davlat kengashi va Kommunistik partiya markaziy qo’mitasi tomonidan ommaga taqdim etildi.
Bu hujjatga ko’ra, yaqinda dunyodagi ikkinchi yirik iqtisodiyotdagi milliy xavfsizlik, texnologiya va monopoliyalar kabi sohalarni qamrab oladigan yangi qoidalar paydo bo’ladi.
So’nggi yillarda rasmiy Pekin e’tiborini texnologiya va ta’lim sohalari tobora ko’proq jalb qilmoqda.
Ulardan Alibaba, Ant Group, Tencent, ByteDance va boshqa fintex kompaniyalarni ko’rishimiz mumkin.
Aprel oyining boshida Xitoyning bozorni nazorat qilish davlat agentligi Alibaba kompaniyasini monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligi uchun 18,22 milliard yuan (2,78 milliard dollar) miqdorida jarimagatortgan edi.
Ba’zi menejerlar juda katta bo’lsa ham, jarimani to’lashdan mamnun bo’lishdi: bu hozirda regulyatorlarning noaniqligidan aziyat chekayotgan kompaniya uchun hech bo’lmaganda vaqtinchalik yordam bo’ladi.
Eslatma: Jek Ma ning Alibaba va Ant Group kompaniyalari oktyabr oyida banklar faoliatini moliyaviy tartibga solishni tanqid qilganidan bir necha hafta o’tgach, Xitoy hukumati bosimi ostida qoldi.
Shuningdek, aprel oyi oxirida Xitoy Xalq banki mamlakatning yirik fintex-kompaniyasi bo’lgan Ant Group ning davlat tomonidan nazorat qilinadigan yoki regulyatorning sobiq boshqaruvchilariga tegishli iste’mol kreditlari bo’yicha ma’lumotlarni taqdim etishni talabqilgan edi.
Undan avvalroq, esa 2020-yilning oktyabr oyida “Ant Group” tarixda eng katta bo’lgan fond birjasida joylashtirishga tayyorgarlik ko’rgan edi. Ammo, Xitoy hukumati aralushividan so’ng, Shanxay va Gonkong fond birjalari IPO ni to’xtatdi.
Hozirda TikTok ilovasiga egalik qiluvchi ByteDance kompaniyasi ustidan ham nazorat olib borilmoqda. Ammo shunga qaramasdan IPO o’tkazishni rejalashtirmoqda.