Prezident Shavkat Mirziyoyev nogironligi boʻlgan shaxslar, eʼtiborga muhtoj bolalar va keksalarni zamonaviy texnik vositalar bilan taʼminlashga doir qaror imzoladi. Bu haqda “OʻzA” xabar bermoqda.
Qarorga koʻra, oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslar ogʻir va favqulodda vaziyatlarga tushganda ularga tezkor yordam koʻrsatish haqida xabar berishning innovatsion loyihasi amaliyotga joriy etiladi.
Bunda, 2021-yilda 5 mingtagacha va 2022−2023-yillarda 12 mingta maxsus funksiyaga ega soatning (“Aqlli soat”) davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan tegishli toifadagi shaxslarga yetkazib berilishi yoʻlga qoʻyiladi.
Avvalroq Spot bolalar nafaqasi va kam taʼminlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam miqdori oshirilganligi haqida yozgan edi.