Biz hikoya qilmoqchi boʻlgan ushbu maqola muvaffaqiyatsizliklar va xatolar biznesni qanday oʻzgartira olishi haqida soʻz boradi. Odamlar oʻzgarsa — hamma narsa oʻzgaradi. Biz muvaffaqiyat ortidan quvamiz, biroq bizni aslida muvaffaqiyatsizliklar oldinga olib chiqadi.

Mazkur maqoladan korzinka.uz supermarketlar tarmogʻi rahbari Zafar Hoshimovning muvaffaqiyatsizliklari va umidsizligi haqidagi ochiq hamda roʻyi-rost voqealar oʻrin olgan.

“Muvaffaqiyatsizlikning bahosi” ruknida xato qilishdan qoʻrqmaydigan va xatolardan oldinga siljish uchun harakat qiladigan tadbirkorlar haqida soʻz boradi. Spot nomidan suhbatni Madina Ruzmatova olib boradi va savollar uning tilidan beriladi.


Madina Ruzmatova

Bu material bundan ikki yil oldin, “Muvaffaqiyatsizlikning bahosi” endigina ishga tushirilganda nashr etilishi kerak edi. Ammo birinchi navbatda, mening qatʼiyatsizligim, keyin esa karantin rejalarni oʻzgartirib yubordi.

Matn formatida suhbatlashish men uchun juda muhim edi, chunki ana oʻshanda kamerasiz mening qahramonlarim oʻzlarini ancha erkin tutishlari, fikrlarini unchalik qattiq filtrlamasliklari va “buni syomkadan keyin aytaman” qabilidagi gaplar soʻzlashga hojat qolmasdi.

Biz ofisga ketayotib suhbatni boshladik. Mening tanishuvim media-biznesmen bilan emas, balki haqiqiy Zafar Hoshimov bilan boʻlayotgandi. Eng qizigʻi, suhbatimiz hech qanday avvaldan tayyorlab qoʻyilgan ofis yoki qandaydir stullarda emas, balki Tesla-ning yoʻlovchi oʻrindigʻidan boshlandi. Zafar Komilevich uchrashuvlardan oʻzini ozod qildi va korzinka.uz bosh ofisida biz tanlagan mavzu haqida suhbatni davom ettirishni taklif qildi.

Oʻshanda u menga avvalgi qahramonlarimdan hech biri soʻramagan savolni beradi. Nega men “Muvaffaqiyatsizlikning bahosi"ni tayyorlayapman…

***

Men oldi-qochdi intervyulardan charchaganman. Sunʼiy tasvirlar. Muvaffaqiyat haqida gapirish va oʻzimni hayotda hech narsadan voz kechishni xohlamagandek qilib koʻrsatish, menimcha, samimiy chiqmasa kerak. Men rukn boshlaganimda, barcha biznesmenlar bilan intervyularim asosan shu haqida boʻlgan. Bundan tashqari “sevimli kitob” haqida ham ozroq fikr almashardi.

Tushunaman. Ammo muvaffaqiyat haqida gapirish umuman ahmoqlikdir. Natijani bilsangiz, harakatni qanday baholash mumkin? Hamma narsa tugagach, siz hech narsaga taʼsir qilolmaysiz. Matematika nuqtai nazaridan, hamma narsa sizning ishtirokingizsiz oldindan xulosa qilinadi.

Men ham shunday oʻylayman.

Bu keng tarqalgan notoʻgʻri tushuncha. Biz taqdirimizni bilmaymiz, faqat biz uchun yozilgan narsani olamiz. Bunda biz qandaydir rol oʻynadik xolos, deb oʻylash gʻalati, chunki siz voqea natijasiga hech qanday taʼsir qilmadingiz, u shunchaki matematik va jismonan shakllandi.

***

Bizni ofisda toʻlib qolayotgan avtoturargoh kutib turardi. Mashinadan tushdik, Zafar Komilevich mashinadan tushgan qogʻozni olib, axlat qutisiga olib borar va yoʻlda oʻtib ketayotgan xodimlar bilan salomlashardi.

Shaxsan men uchun bu kichik voqeada juda ham katta gʻamxoʻrlik va mehr, yaʼni oʻz ishiga boʻlgan ongli muhabbat bor.

Siz koʻplab bosh direktorlarning oʻz mashinalari yonida boshqa odamlarning axlatini yigʻayotganini koʻrganmisiz? Bunday holatni boshqa kompaniyaning mashinalar toʻxtash joyida tasavvur qila olasizmi? Men qilolmayman. Ushbu koʻrgan voqeam materialimga ham atmosfera bagʻishladi.

Chunki mening Zafar Hoshimov haqidagi baʼzi shubhalarim ana oʻsha qogʻoz bilan axlat qutisiga tushib ketdi. Va menda u haqda ommaviy axborot vositalarida gavdalantirilgan tasviridan koʻra ancha chuqurroq tushunchalar paydo boʻldi.

Buni hali toʻrt soat davomida yana bilib olaman. Baʼzi oʻrinlarda taktik va qulay boʻlmagan savollar ham berib koʻraman.

***

Keling, qarama-qarshi tomondan boraylik. Hozir mashinada gaplashayotganimizda, siz uchun muvaffaqiyat hikoyalari yoʻq ekanligini aytdingiz, lekin bilasizmi, sizni koʻpincha muvaffaqiyatli odam deya bilishadi…

Men shu sabab ham avtobiografiyalarni yomon koʻraman. Odamlarning oʻzlari haqida yozishlari menga yoqmaydi. Menimcha, biz oʻzimizni oʻtmishga qarab oʻylab topamiz, hayotimizni yashaymiz va keyin oʻz harakatlarimizni tushuntirishga harakat qilamiz. Biroq bari bir natijani hamma biladi-ku.

Yaʼni, avtobiografiyalar yolgʻonligi uchun sizni qiziqtirmaydimi?

Avtobiografiyalarda sunʼiylik juda koʻp. Masalan, agar men bolaligimda chakana savdo bilan shugʻullanishimni bilganimni va shuning uchun matematikani oʻrganganimni aytsam, bu soxta boʻlib chiqadi. Tarix bunday ishlamaydi. Yarim soatdan keyin biz bilan nima boʻlishini bilmaymiz.

Eyzenxauerning yaxshi gapi bor: “Rejalashtirish — hamma narsa, lekin rejalar hech narsaga arzimaydi”. Rejalashtirish orqali siz kompasni oʻzingiz uchun sozlashingiz mumkin, lekin yoʻlni emas.

Qachonki odam yurishni boshlaganda doimiy ravishda chapga yoki oʻngga burilishni tanlaydi, balki bu tanlovlar ham oldindan belgilab qoʻyilgandir.

Siz allaqachon sodir boʻlgan natijaga taʼsir qilyapsiz, deyishlik matematik ahmoqlikdir. Aynan avtobiografiyada — ular hayot yoʻlining oxirida yoziladi.

Sizga omadli ekanligingizni aytishganda, oʻzingizni qanday his qilasiz?

Mening oʻzimga boʻlgan munosabatim hech qanday oʻzgarmaydi, taʼsirlanish, ilhomlanish begona men uchun. Har safar meni omadli odam, deyishganda oʻzimga oʻzim “men rostdan ham zoʻrman” demayman.


Odamlar meni yuzaki baholaydilar. Ular mening hayotimda qanday qiyinchiliklar, tajribalar, shubhalar, qaygʻular, umidsizliklar sodir boʻlishini bilishmaydi.

Zafar Hoshimov hech oʻzidan hafsalasi pir boʻlganmi?

Ha. Biroq namoyish qiladigan darajada emas.

Mendan tez -tez soʻrashadi: “Siz hamma narsaga qanday erisha olasiz, vaqtni qanday boshqarasiz?” Aslida, men hech narsaga ulgurmayapman.

Men ham uchrashuvlarga kech qolaman, baʼzida hatto ularni unutib ham qoʻyaman. Mana bu yerda meni kutayotgan ishlarim bor (stol ustidagi qogʻozlar toʻplamini koʻrsatib).

Ha. Odamlar sizga toʻgʻri munosabatda boʻlishadi, lekin tushunchalar benuqson. Kecha siz haqingizda maʼlumot qidirayotgan edim, umuman, oxirigacha yetib boradigan hech narsa yoʻq. Odamlar uchun “ideal” boʻlishga qanday qaraysiz?

Buni menga unchalik ahamiyati yoʻq, toʻgʻri. Men bolaligimdan xotirjamman. Hayotda menga doim yordam beradigan bitta fazilat bor — odamlarning oʻzim va boshqalar haqidagi fikrlari meni tashvishga solmaydi.

Bolaligingizda sizni tez-tez maqtab turishganmi?

Ha, men bolaligimda namunali, “mukammal” bola edim. Har doim yaxshi oʻqiganman, onam hali ham barcha nevara va chevaralariga uy vazifasini birinchi bajarib, keyin yigitlar bilan faqat futbol oʻynash uchun chiqib ketganimni aytib beradi.

Kun davomida koʻproq yaxshi xabarlarni eshitasizmi?

Har doim yaxshi va yomon xabarlarning muvozanati mavjud. Doʻkonlarda fors-major holatlari yuz berganida menga xabar yuboradigan ishchi chat bor — yo elektr uzilib qoladi, yoki toʻxtash joyi yopiladi.

Pandemiya paytida xodimlarning kasalligi haqidagi xabarlarni oʻqish qoʻrqinchli edi. Bitta kasallangan xodim uchun butun smenada karantin oʻtkazilardi, demakki, siz bir kechada doʻkonni dezinfeksiya qilishingiz va yangi xodimni ishga olishingiz kerak boʻladi.

Siz aynan shunday paytlarda ham xotirjamlikni ushlab tura olasizmi?

Men xavotirlanaman, lekin hissiyotlarga berilmaslikka harakat qilaman. Odamlardan kamdan-kam xafa boʻlaman. Bu borada meni terim qalin, menda immunitet bor.

Aytgancha, bunday “qalin teri” isteʼmolchilar bilan ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilishda asqatadi. Meni xafa qilish oson emas.

Siz ikkiyuzlamachilikka qanday qaraysiz? Koʻrsatilayotgan hurmat, samimiy maqtovlar. Atrofingizda shunaqa holat uchrab turadimi?

Baʼzan sezaman.

Oʻsha payti nimalarni oʻylaysiz?

Menimcha, dunyo aslida shunday. Men taʼsirlanmayman, hukm qilmayman, hech qanday munosabat bildirmayman. Ammo juda koʻp eʼtibor berilganda oʻzimni noqulay his qilaman.

Masalan, siz ertalab oshga boshqa mehmonlar bilan birga keldingiz, shunda sizni VIP-xonaga olib borishga harakat qilmoqdalar, shunday paytlarda men oʻzimni noqulay his qilaman.

Bunday “hurmat” tushkunlikka tushadi. Boshqalar oldida qandaydir tarzda alohida tanlansa, uyat boʻladi.

Buning fonida ishonch bilan bogʻliq muammolar bormi?

Yoʻq. Men ularni ajrata olaman.

Oxirgi marta kim bilan janjallashgansiz?

Bilmayman, ehtimol bu hafta shunga oʻxshash kichik voqea boʻlgandir.

Janjallarga qanday qaraysiz? Ovozingizni balandlata olasizmi?

Ha.

Siz kim bilan tez-tez janjallashasiz?

Yaqinlarim bilan. Aslida, men ohangimni koʻtarganimda, buni hissiyot bilan qilmayman — bu har qanday masalada jiddiyligimni koʻrsatish va uni tezroq hal qilish uchun koʻproq manipulyativ harakat.

Bunday paytlarda, kimdir meni tinchlantirmoqchi boʻlsa, men kulgim keladi, chunki men odatda xotirjamman.


Xodimlaringizni urishib turasizmi?

Boʻlib turadi, lekin ularni qoʻrqitish, haqorat qilish kabi narsalardan yiroqman. Men ohangni, tembrni, ovoz balandligini oʻzgartiraman, shunda soʻzlarim yana-da taʼsirli boʻladi.

Men uchun kimdir bilan janjallashish — “adashyapsan”, “yoʻq, unday emas” yoki “tingla, men buni boshqa takrorlamayman” ruhidagi biror narsani aytishdir.

Kuzatishimcha, korzinka.uzda “ikkita politsiyachi” bor: Siz “mehribon” politsiya, Alisher Komilevich (Hoshimov) esa stressni boshqarishni oʻz zimmasiga oluvchi xodim. Zarur boʻlganda, masalan, boʻshatish, rad etish, jarima yoki shunga oʻxshash narsalarni qoʻllovchi odam. Haqiqatan ham shundaymi?

Yoʻq, shunchaki biz Alisher bilan boshqa-boshqa ish qilamiz. U operatsion jarayonlar ustida ishlaydi, men esa koʻproq strategiya, marketing, moliya. Bizning yoʻnalishlarimiz har xil.

Agar men operatsion tizimda boʻlganimda, yomon politsiyachining roli menga tekkan boʻlardi. Agar siz bu jarayonni notoʻgʻri qurgan boʻlsangiz, unda mexanizm ishlamaydi. Bu intizomni talab qiladi, sizga tartib kerak. Men buni qila olmayman, lekin Alisher zoʻr uddalayapti.

Bu funksionallikni taqsimlashmi?

Biz yoʻnalishlarni taqsimlamadim, hamma bir paytlar oʻziga yoqib kelgan vazifalarni bajarishga kirishdi. Hammasi shu. Alisher bolaligidanoq toʻgʻridan-toʻgʻri gapirgan, oʻtkir, talabchan boʻlgan. Bu esa operatsion tizimdagi eng muhim fazilatlar.

Aka-uka birga ishlashi qiyinmi?

Menimcha, bu osmondan berilgan sovgʻadir. Ukam va men bir-birimizga eng yaxshi doʻstmiz. Bizning oramizda soʻzsiz ishonch bor.

Shunday boʻladiki, biz janjallashamiz, hatto nuqtai nazarimiz farq qilganda baland ovozda gaplashishimiz mumkin. Biroq shundan keyin ikkalamiz ham buni toʻgʻri hal eta olamiz.

Ammo xulosa shuki, mojaro paytida hech birimiz koʻrpani oʻzimiz tarafga tortmaymiz. Biz umumiy koʻrpani boshqa-boshqa holatda koʻramiz.

Oʻzaro munosabatlarda xudbinlik yoʻq.

Agar siz biznes uchun ukangizni ishdan boʻshatishingiz kerak boʻlsa, buni qila olasizmi?

Birinchidan, qonuniy ravishda men kompaniyaning top-menejerlarini ishdan boʻshatish huquqiga ega emasman. Ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi har qanday qarorga koʻra, hatto eng oddiy xodim boʻshatish uchun ham komissiya qaror qabul qilishi kerak. Mustaqil direktorlar kengashi bor, ular aksiyadorlar tomonidan tayinlanadi, lekin bu odamlar bizda ishlamaydi. Aynan ular bu masala bilan shugʻullanishadi.

Top-menejerlardan birini ishdan boʻshatish uchun besh kishidan iborat maxsus komissiya yigʻiladi. Tergovsiz ishdan boʻshatish boʻlmaydi.

Lekin siz bu komissiya aʼzosisiz, shunday emasmi?

Ha, lekin mening bitta ovozim bor. Shu sabab natijaga taʼsir qilmaslik uchun har doim oxiri ovoz beraman. Aytaylik, har besh kishidan uchtasi “ishdan boʻshatish” uchun ovoz berdi, shunda mening ovozim hech narsani oʻzgartira olmaydi.

Aytgancha, siz oʻzimdan hafsalam pir boʻladimi, deb soʻradingiz. Bu yaxshi misol. Kompaniya rivojlana boshlagach, uni mendan himoyalash kerakligini tushundim.

Men boshqa odamga aylanib qolishdan qoʻrqardim. Bundan tashqari, men oʻz ishlarimga ulgura olmay qoldim.


Siz hozir kompaniyani sizdan himoya qilish kerakligi haqida ajoyib gap aytdingiz. Aytingchi, siz qachon buni tushundingiz?

Bu savol benuqsonlik haqida emas. Agar biznes kichik boʻlsa, siz kompaniyani boshqacha boshqarasiz; agar biznes katta boʻlsa, har bir qadamingiz jiddiyroq boʻladi.

Kichkina qayiqning eshkaklar ham kichkina boʻladi, siz ularni qoʻlingizda ushlab tura olasiz. Ketma-ket ularni boshqarasiz, sizga laynerli navigatsiya tizimi kerak emas. Ammo kemani boshqarish — bu boshqa masala.

Sizda har doim tanlov bor: kichik qayiqda qolish yoki oʻsish. Agar siz oʻzingiz bir vaqtda mashinist, kapitan va kuzatuvchi boʻlishga harakat qilsangiz, ehtimol sizning layneringiz aysberg bilan toʻqnashadi.

Siz qachon okean layneriga aylanganingizni tushundingiz?

Hech narsaga ulgurmay qola boshladim. Koʻp narsalarning koʻzdan gʻoyib boʻlib ketayotganini payqadim. Tadbirkorning eng yomon xususiyati shundaki, u oʻz kompaniyasidagi hamma narsani yaxshi bilaman va hamma narsani mukammal qila olaman deb oʻylashidir. Menda ham shunday sindromi boʻlgan va hozir ham boʻlishi mumkin.

Men jarayonlar ichkaridan qanday ishlashini bilaman, shuning uchun men ishonamanki, men oʻnta boʻlimni mukammal boshqarishim mumkin.

Ammo amalda men faqat ikkita boʻlimni boshqarishga qodir boʻlaman xolos.

Qolganlarini boshqarish muvaffaqiyatsiz boʻladi, chunki sizning ishingizga eng yomon boʻlimga qarab baho berishadi. Lokomotiv B nuqtaga kela olmaydi, oxirgi vagonni A nuqtada qolaveradi.

Agar siz natijani oʻzingizning eng yomon boʻlimingizga qarab baholasangiz, siz baʼzi ishlarni boshqalarga topshirishga rozilik bildirasiz.

Ular buni sizchalik mukammal qila olmaslar, lekin butun kompozitsiya birga harakat qiladi.

Vazifalarni topshirayotganda, siz mikro boshqaruvdan voz kechishingiz kerak. Aks holda, hech narsa ishlamaydi. Aynan bularni tushunganimda, men kompaniyani oʻzimdan himoya qilishim kerakligini angladim.

Shu bilan birga, agar jamoada savollar boʻlsa, bemalol, men har doim yordam berishga, qoʻllab-quvvatlashga tayyorman, lekin ularning oʻrniga ishni bajarmayman.

Siz xato qilishga ruxsat berasizmi?

Busiz yana qanday iloji bor? Siz hech kimga xatosiz hech narsani oʻrgata olmaysiz. Aksincha, odamlar ular haqida gapirganda, men buni yaxshi koʻraman. Xatoliklar yashirilganda, bu yangi xatolarni keltirib chiqaradi yoki muammoni yomonlashtiradi. Men oʻzimni xato qilishga yoʻl qoʻyaman, lekin uni takrorlashdan tiyilaman.

Siz qachonlardir Yevgeniy Chernyakka piyoda yurish paytida odam oʻzi bilan kurashadi, tepaga koʻtarilayotganda ham raqib yoʻq, faqat siz va ichingiz oʻrtasida kurash boʻladi, degan edingiz. Aytingchi, siz bu jangda oʻzingizni yoʻqotdingizmi? Agar shunday boʻlsa, qayerda?

Muntazam sport bilan shugʻullanish — bu men doimo yoʻqotadigan narsadir. Men endi boshlagan paytim sportni umuman tashlab qoʻymaslikni maqsad qilaman, biroq hammasi chippakka chiqadi. Siz hatto uzrli sabablarni ham oʻylab topishingiz mumkin, biroq oʻzingiz bilan har ham halol boʻlishingiz kerak.

Bunday tuygʻuni yoqtirmayman, chunki biz koʻpincha oʻz imkoniyat va ambitsiyalarimizda oʻzimizni bostiramiz, halol boʻlsak, kamchiliklarimiz haqida oʻzimizga haqiqatni gapirsak bu teskari ishlashi ham mumkin. Koʻpincha, bunday fikrlar tushkunlikka tushiradi. Aksincha, siz oʻzingizni yaxshiroq va koʻproq narsani qila olishingizga moslashtirishingiz kerak.

Siz tez-tez oʻzingizni maqtaysizmi?

Yoʻq, maqtamayman, lekin oʻzimni cheksiz tergash va tanqid qilishdan qochishga harakat qilaman. Men oʻzimga oʻzim: “Xoʻsh, nima boʻlsa boʻldi, hayot davom etadi”, deb aytaman. Sahifani aylantirish kerak.

Oʻzingiz bilan boʻlgan munosabatlaringizda inqirozlar boʻlganmi?

Boʻlgan. Har qanday jiddiy inqirozga shunday munosabatda boʻlaman: “Men bu haqda ertaga oʻylayman”. Ertalab hamma narsa yana-da aniq boʻladi.

Yoʻqotishni yoqtirmaysizmi?

Gap faqatgina qandaydir moddiyatni yoʻqotishda emas, men oʻz fikrimni yoʻqotib qoʻyaman. Agar natijaga erisha olmagan boʻlsam, nega bularni qilganligimni oʻylab qolaman. Koʻpincha men bunday holatda davom etaveraman. “Agar marraga juda oz qolgan boʻlsa-chi?” deb oʻzimni tinch qoʻymayman, balki oʻzimni aldarman ham, lekin sarflangan harakatlar meni oldinga siljishga majbur qiladi.

Biznesda ham shundaymi?

Bu biznesda ham shunday, baʼzida esa bu juda yomon tugaydi. Koʻpincha siz sarflangan pulga achinasiz va bundan ham koʻproq sarflaysiz, lekin bari behuda ketadi. Menda allaqachon shunday holat boʻlgan, men bundan dars olganman.

“Agar ot oʻlgan boʻlsa, tushing” — bu sizning qaysi loyihangizda sodir boʻlgan?

City Taxi va Five-da. City Taxi-ni yopish uchun menga olti yil (!) kerak boʻldi. Har doim hamma narsa ishlayotganday tuyuldi, lekin men oxirida buni qila olmasligimni angladim.

Qancha pul yoʻqotdingiz?

Juda koʻp. Ammo gap pulda emas.

Milliondan ortiqmi?

Buni aytmayman. Aytganimdek, pullar uchunmas, oʻtkazgan yillarimga achinishim mumkin xolos.

Sizning bir yilingiz qancha turadi?

Siz yana oʻtmish haqida gapiryapsiz. Oʻshanda qancha pul topishim mumkinligini bilmayman.

Sarflagan pulingiz uchun afsusdamisiz?

Ha, xafa boʻldim. Siz juda koʻp yoʻlni bosib oʻtganingizda toʻxtash maʼnosiz boʻlib tuyuldi.

Qarorlaringiz toʻgʻriligiga shubha qilish qiyin boʻlganmi?

Gap toʻgʻri qarorlar qabul qilish haqida emas, balki siz biror narsaga sarmoya kiritganingiz va sarmoyangizni tejashga harakat qilayotganingiz haqida. Men loyihaga olti yil sarfladim, lekin uni yopib, hisobdan chiqarish kerak boʻldi. Bu juda achinarli.

Lekin siz buni olti yildan keyin emas, balki oldinroq tushungandingiz, shunday emasmi?

Men buni bir yildan keyin tushundim, lekin loyihani qanday saqlashni bilgandek tuyildim. Hatto korzinka.uz ham bir vaqtlar zararda boʻlgan. Bitta doʻkon boʻlgan paytlari hammasi yaxshi edi.

Biz filiallar ochishni boshladik va ularning soni besh-oltitaga yetganda, hamma doʻkonlarni oʻzimiz nazorat qilishning iloji yoʻqligini, bizga yetkazib berish va sotishni kuzatadigan odam kerakligini tushunishni boshladik.

Va siz bu xizmatlarning barchasini bajaradigan markaziy ofisni tashkil etmoqchisiz, biroq uning narxi bu oltita doʻkon topayotgan puldan yuqori.

Qoida shunday. Avval zarar koʻrasiz, keyin doʻkon qoʻshasiz, xarajatlar taqsimlanadi va nihoyat hammasi oʻxshay boshlaydi.

Biznesingizni minusga kirib ketishidan qoʻrqqanmisiz?

Ha. Bizni kelajak haqida tasavvurimiz bor edi.

Hamma narsani yopish kerakligini anglasangiz, oʻzingizni qanday his qilasiz?

Yengil. Odatda qaror qabul qilinishidan oldin qiyin boʻladi. Ammo boshqa tomondan, City Taxi natijasida MyTaxi paydo boʻldi.

Siz kamdan-kam hollarda MyTaxi va LeBazar bilan bogʻliqligingizni eʼlon qilasiz. Nima uchun?

Men bu loyihalarda ishtirok etishimni hech qachon rad etmaganman, men texnik investorman. Biz City Taxi-ni Akmal Payziyev bilan ochdik, u unga ilova ishlab chiqdi, keyin biz City Taxi-dan nimadir ortiqchadek ekanligini tushundik. Akmal loyihadan ketdi va men esa uni yopilish vaqtigacha olib kelgan edim.

Five-ning yopilishi…

Bu hikoya juda uzoq davom etdi. Biz uni 2019-yil dekabr oyida juda baland va qiziqarli tempda ochdik, biroq mart oyida pandemiya keldi. Biz boshqalarga oʻxshab yetkazib berishga oʻtadigan darajada mashhur boʻlmagandik.

Nega uni ochishga koʻp vaqt ketdi? Siz bu loyihaga shubha qildingizmi?

Bu yangi loyiha, mutlaq startap edi, biz moliyaviy model haqida qaror qabul qila olmadik.

Endi ochilgan paytda ham bu model barqaror ekanligiga ishonchim komil emas edi. Keyin pandemiya boʻldi va men buni ishora deb oʻyladim.

City Taxi yopilgandan soʻng, Five-ni yopish menga osonroq boʻldi. Men shunchaki qoʻyib yuborish kerak boʻlgan narsalar borligini tushundim.

Jamoa nima boʻldi?

Biz koʻplab xodimlarni oʻzimizga (korzinka.uzga) logistika va boshqa boʻlimlarga oʻtkazdik. Ketishga qaror qilganlarga tovon puli toʻlangan.

Bundan boshqa yopishingiz kerak boʻlgan, biroq keng jamoatchilikka nomaʼlum loyihalaringiz boʻlganmi?

Ha. 90 -yillarning boshlarida birinchi savdo doʻkonim bankrot boʻlgandi. Biz uni doʻstlar bilan ochgandik, barcha sarmoyalarimizni yoʻqotdik va doʻkonning oʻzi ham qarzga botdi.

Oʻshanda oʻzingizni qanday his qildingiz? Nimalar haqida oʻyladingiz?

Bu ogʻir boʻldi, lekin men biznes rivojlanishi uchun sizning shaxsiy ishtirok kerakligini angladim.

Men doʻkon ochaman, unda hamma narsa ishlaydi va foyda koʻradi, deb oʻyladim. Jarayonlarga qiziqib ham oʻtirmadim. Bir kuni bilsam, na pul va na tovarlar qolibdi, faqat qarz qolgan ekan.

Keyin yana riteylga qaytdingizmi?

Undan oldin 1994-yilda disrtibyutorlikni amalga oshirdim. Balton Trading Asia kompaniyasi ochildi. Tarqatish bilan shugʻullanayotganda, men riteylni juda sekin harakat qilayotganini koʻrdim, odamlar nima qilishni bilmayotgan edi.

Shunday qilib, men showcase oʻtkazishga qaror qildim va birinchi doʻkonimni ochdim. Men mijozlar va boshqa riteyllarni olib, mexanizm qanday ishlashi kerakligini koʻrsatdim.

Savdo-sotiq, narx, merchandayzing, shuningdek, hisob -kitoblar boʻyicha trening oʻtkazildi. Oʻsha paytda oʻzim ham barchasini yaxshi tushunmaganman, lekin yoʻl davomida oʻrganib borganman.

Muvaffaqiyatsiz doʻkonlar yana boʻlganmi?

Ha, 1989-yilda doʻstlarim bilan kooperativ ochdik, keyin u bankrot boʻldi, keyin 1991−92-yillarda kompyuter sotdik.

1993-yilda Rossiyada yangi rubl joriy qilindi, qolgan barcha sovet rubllari bekor qilindi va biz qismlarni Moskvadan olib keldik, bizda valyuta yoʻq, men yana ishsiz qoldim. Shunday qilib, 1993-yilda Braytonga joʻnab ketdim.

Hatto eng oddiy ehtiyojlar uchun ham pul boʻlmagan paytlar boʻlganmi?

Yoʻq, bunaqasi boʻlmagan. Hatto ishsiz qolganimda ham jamgʻarmalarim bor edi. Bolaligimdan pul bilan yaxshi munosabatdaman.

Talabalik yillarimda 100 rubl miqdorida Lenin stipendiyasini olardim, bu katta pul edi, masalan, bitta kichik oʻqituvchining maoshi. Bundan tashqari, doim ishlardim. Biz hatto krossovka va jinsi savdosi bilan shugʻullanganmiz.

Bir kuni doʻstimning maslahati bilan men tikuvchiga murojaat qilib, shimlarga buyurtma berdim. Biz oʻsha paytda zamonaviy modelni tanladik (chinos). Men universitetga keldim, oʻshanda hamma menga: “Voy, men uni qayerdan sotib oldim, menga ham manzilini ber”, degandi.

Men boʻlsam tikuvchining kontaktlarini bermaslikka qaror qildim, lekin men oʻlchovlarni oʻzim olib, tikuvchiga topshirdim, shunda u buyurtma boʻyicha tikib beradi. Avvaliga 6−7 kishi edi, keyin qoʻshni fakultetlardan ham xuddi shu shimni oladigan koʻpaydi. Xullas, mana shunaqa ishlar ham boʻldi.


90-yillarga xos qandaydir bosib olishlar yoki jangarilar tazyiqiga uchraganmisiz?

Yoʻq, “koʻcha” bilan bunday muammolarga duch kelmadim. Asosan huquqni muhofaza qilish organlari bilan koʻproq muammolar paydo boʻlardi, hatto 1997-yilda u doʻkon ochganimda ham.

Siz oʻzingiz uchun ishlashingiz kerakligini qachon tushundingiz?

Universitetni tugatganimda. Mening oilam bor, oʻzim matematikman. Yollanma ishchi boʻlganimda, oilamni boqish uchun deyarli imkoniyat boʻlmasmidi…

Sizga pul yoqadimi?

Men erkinlikni yaxshi koʻraman, uni sizga pul beradi.

Siz hech qachon pulga boʻlgan muhabbatingizdan uyalganmisiz? Yoki sizni “savdogar” (торгаш) deyishlari xavotirga solmaganmi?

Biz Sovet davrida oʻsganmiz, pul faqat mafkurada yomon boʻlgan paytda, hayotda hamma pul yaxshi ekanligini hamma yaxshi tushunardi.

Men qilayotgan ishimning uyatligiga kelsak — bir paytlar men Facebook-da #яторгаш xeshtegi bilan rukn yuritganman. Odamlar savdo qiymat yaratmaydi degan taassurotga ega, garchi buning aksi boʻlsa ham, men bu qanday sodir boʻlishini matematik tarzda tushuntira olaman.

Agar savdo boʻlmaganida, men sut uchun molxonaga, kartoshka uchun dalaga borishga majbur boʻlardik. Savdoning qiymati shundaki, bularning barchasi yigʻilgan, qadoqlangan va sizga olib kelingan.

Savdo ijtimoiy qadriyatni ham yaratadi. Aytaylik, ochiq bozorda har haftada oziq-ovqat sotib olish uchun 2−2,5 soat kerak boʻladi, lekin supermarketda sizga maksimal yarim soat kerak boʻladi.

Aytaylik, supermarketga bir kunda 100 ming kishi keladi, demak, biz kuniga 200 ming soatni iqtisod qilmoqdamiz.

Endi bu 200 ming soatni ish kunlari soniga ajrating, shunda odamlar buni boshqa narsalar uchun sarflashlari mumkin boʻladi, yoki boshqa mahsulotlarni ishlab chiqaradilar. Umuman jamiyat qilayotgan ishimizdan foyda koʻradi.

Buyuk Ipak yoʻli davrida mamlakatimiz savdo globallashuvining markazi, haqiqiy uyasi boʻlgan. Bizning ota-bobolarimiz bu yoʻllarning barchasini bogʻlaydigan juda mohir savdogarlar boʻlishgan. Ular koʻp tillarni bilishar edi, chunki bu yerga Yevropa, Xitoy, Eron, Hindiston va Turkiyadan savdogarlar kelgan.

Olimlar astronomiyani navigatsiya uchun, yulduzlarni harakatlanish va qisqa yoʻllarni topish uchun oʻrganishdi. Matematika ham shunchaki paydo boʻlib qolmadi, almashtirish kerak boʻlgan koʻp valyutalar sabab algebra paydo boʻldi. Xullas baʼzi muammolarni ilm-fan hal qilish kerak edi.

Hatto “Samarqand ustidagi Yulduzlar” kitobida ham Temur qoʻshini yoʻl xavfsizligini taʼminlash va yagona savdo tizimini yaratish uchun hududlarni egallab olgani aytiladi.

Demak, “savdogar” boʻlish sharmandalik emasmi?

100%. Uyaladigan hech narsa yoʻq.


Lekin, savdogarlar orasida ham firibgarlar bor-ku?

Faqat savdogarlar orasida emas.

Siz Kirill Altmanga tadbirkorlar shunday fidoyi odamlarki, ular qanday biznes qurmaslik kerakligi haqida koʻrsatib beradi, degan edingiz.

Men oʻshanda tadbirkorlar koʻpincha muvaffaqiyat qozonishdan koʻra muvaffaqiyatsizlikka uchrashini, shuning uchun ularning darslari qolganlar uchun ham foydaliroq ekanligini nazarda tutgandim.

Siz boshqalarga “qilmaslik” haqida nimalarni koʻrsatgansiz?

Mana, City Taxi-ni. Tizim yaratishga harakat qildim, yollangan taksi haydovchilari bilan birga xususiy noqonuniy “uddaburonlar” bilan raqobatlashdim. Aytgancha, Alisher boshidan menga buni qilishning hojati yoʻqligini aytgandi.

“Ular oʻzlari oilasi uchun bir parcha non topishga harakat qilmoqdalar, sizning taksi haydovchilaringiz maosh uchun ishlaydi. Kim koʻproq mijozlarga yoʻnaltirilgan boʻladi?” — degandi Alisher oʻshanda.

Tizim va hajm bu tartibsizlikni bartaraf etadigan optimallashtirish nuqtasini topa olganday tuyuldi. Agar biz barcha jarayonlarni optimallashtirsak, yoqilgʻi va ehtiyot qismlarni katta hajmda sotib olsak, mexaniklarni yollasak, biz uchun hamma narsa boʻladi deb turib oldim.

Korzinka.uzda ham har xil keyslar boʻlgan: yoʻqotishlar, muvaffaqiyatsizliklar, yopilishlar…

Zafar Hoshimov xato qilganini tan olishi qiyinmi?

Yoʻq, qiyin emas.

Siz nimadan uyalasiz?

Men uyaladigan narsalar haqida gapirishni xohlamayman.

Nima uchun? Bu axir allaqachon sodir boʻlgan-ku, yoki hali ham eslab qiynalasizmi?

Masalan, yaqinda men oʻz soʻzlarimdan uyaldim. Doʻstimning kafesi bor, men u yerda tushlik qilmoqchi edim, borishdan oldin ishlayaptimi oʻzi ular, deb oldindan qoʻngʻiroq qilishga qaror qildim. Doʻstimning javobi meni esankiratib qoʻydi. U menga: “Zafar, men korzinka.uzga borishdan oldin sizga qoʻngʻiroq qilib, hali ham ishlayaptimi, deb soʻrasam, oʻzingizni yaxshi his qilasizmi? Noqulay savol, doʻstim”, deb aytdi.

Men uni xafa qilmoqchi emas edim, bu oʻz-oʻzidan sodir boʻldi. Ammo keyinroq men unga qoʻngʻiroq qilib, noqulay vaziyatga tushib qolganimni yozdim. Menimcha, bu xafagarchiliksiz tugadi.

Siz nimadan qoʻrqasiz? Umuman olganda, siz biror narsadan qoʻrqasizmi?

Xavotirlar koʻp. Men qarindoshlarim, ota -onam, bolalarimdan xavotirdaman.

Siz qanday otaasiz? Bilaman, siz ajoyib bobosiz, lekin siz bolalaringiz haqida kamdan-kam gapirasiz…

Yaxshi, tushunuvchan. Bolalar mendan sir yashirishadi, kerak boʻlganda esa maslahat soʻrashadi. Hatto shaxsiy hayot haqida ham.

Baʼzida ularning dadam harakatlarimni maʼqullaydimi, degan tuygʻularini his qilaman. Shunday holat, ularga ogʻriq bermaslik uchun men umuman beparvo boʻlishga harakat qilaman.

Siz uchun otangizning roziligi muhimmi?

Ha, lekin negadir men uchun osonroq edi. Farzandlarim biror narsada omadsizlikka uchraganda, men oʻzimni noqulay his qilyapman.

Ularni tez -tez maqtaysizmi?

Ha, tez -tez, bundan tashqari qoʻllab-quvvatlayman ham, lekin baʼzida ular bilan birga boʻlish uchun vaqt yetarli emas.

Qizlaringizga ularni chiroyli ekanini oʻzlariga aytasizmi?

Har doim mening qizlarim eng chiroyli ekanligini ularning oʻzlariga ham aytaman. Xudoga shukur, ular aqlli ham.

Oila uchun qarorlarni siz qabul qilasizmi?

Ota-onam.

Ularni doimo tinglaysizmi?

Otam juda irodali va mustaqil inson. Ota-onam menga hali ham boladek munosabatda boʻlishadi. Men ularni tinglayman. Ammo men ularga boʻysunmagan boʻlsam ham, xafa boʻlmasliklari uchun buni ulardan yashirishga harakat qilaman.

Hech qachon biznes uchun yolgʻon gapirishga toʻgʻri kelganmi?

Ha.

Sizningcha, bu yomon ishmi?

Har doim emas, baʼzida yolgʻon chiqish yoʻli.

Yaʼni, biznesni saqlab qolish uchun siz yomon ishlarga qodirmisiz? Masalan, jamiyat qoralagan harakatlar? Masalan ayrim joylarda haddan tashqari qattiqqoʻllik yoki shunga oʻxshash narsalar.

Qaysidir maʼnoda, ha. Lekin men tadbirkorlik uchun birovni oʻldira olmasdim.

Koʻzlagan marradan ham oʻtib keta olasizmi? Nazarimda, siz yoshligida gapirayotgan Zafar nima boʻlishidan qatʼi nazar, maqsadga erisha olardi.

Men oʻz oldimga maqsad qoʻydim, lekin ortigʻiga bormayman. Men odamlar bilan juda gʻamxoʻr munosabatda boʻlaman, doʻstlarim koʻp, sizni meni yomon va beadab deb aytishim mumkin boʻlgan odamlarni uchratasiz deb oʻylamayman.

Biznes — bu qiziqarli oʻyin, sayohat, ammo urush emas. Koʻp odamlar biznesni jang deb bilishadi, ular juda koʻp harbiy atamalarni ishlatishadi: bozorni egallash, tortib olish va hk. Biznes uchun qabihlik qila olish qiyin. Men hatto raqobatchilarning gʻarazli buyurtmalariga ham duch kelganman.

Bu holatlar haqida qayerdan bilasiz?

Birinchi odamlardan, buyurtma qilinganlardan haqiqiy voqealarni eshitdim.

Siz bunday jang qilmaysiz, lekin sizning biznesingizga hujum qilinsa nima boʻladi?

Iloji boricha oʻzimni himoya qilaman. Ammo himoya qilish — bu hujum qilish emas. Odamlarning mening biznesimga zarar yetkazishiga yoʻl qoʻymayman.

Biznes bunga loyiq emas. Menga hech qanday sotib olingan emas, balki shirin gʻalaba kerak.

Sizga maʼlum manfaatdor tomonlardan, albatta, hokimiyatdan emas, balki biznesdagi ulush evaziga maʼlum bonuslarni olish takliflari tushdimi? Gap Gulnora Karimovaning haqida emas, chunki siz uni aniq va ravshan ifoda aytib boʻlgansiz.

Gulnora Karimovaga kelsak, agar hammasi rost boʻlsa, YeTTB kelmasdi. Ular kompaniyaning yaratilish paytidan to suyagigacha boʻlgan butun tarixini oʻrganadilar (2020-yilda bank korzinka.uzga $40 mln sarmoya kiritdi. Pul 2025-yilgacha tarmoqni 140 supermarketgacha kengaytirish dasturiga yoʻnaltiriladi — Spot tahr.).

Hatto hujjatlarni ham eʼlon qilganman, yaʼni asos solingan paytdan to shu kungacha kompaniyaning yagona egasi menman.

Gulnora Islomovna uchun biz juda kichik kompaniya edik. Biz quvurda emasmiz [neft bilan], biz ruda qazmaymiz. Hozir ham deyarli hech kim bizning biznesimizni oʻz qoʻliga olmoqchi emas.

Riteylning bosh ogʻrigʻi koʻp. Agar siz biroz notoʻgʻri harakat qilsangiz, katta daromaddan katta zarar koʻrishingiz mumkin. Siz ishlaysiz, lekin juda ham nozik chegaralarda yurasiz.

Umuman takliflarga kelsak, baʼzi fondlardan, investitsiya tashkilotlaridan qoʻngʻiroqlar boʻlgan. Men tashqi tomondan qanday baholanganimga qiziqqanim uchun variantlarni koʻrib chiqdim.

Ularning sizga bergan bahosi yoqdimi?

Menimcha, ular adolatli baholadi. YeTTBga kelsak, shuni aytishim mumkinki, ular bilan hamma narsa — biz qayerga va nima uchun ketyapmiz — barchasi juda aniq:

Hamkor nomaʼlum boʻlganda, siz uning orqasida kim turganini hech qachon bilmaysiz, balki ular bozorga boshqa strategik oʻyinchi manfaati uchun kirishar, uning mohiyati — meni biznesdan haydab, oʻrnimga joylashib olish boʻlishi mumkin. Hamkorlik deyarli nikohga oʻxshaydi.

Ayni paytda sizda biron bir taklifga rozi boʻlish haqida oʻylar bormi?

Yoʻq. Men oʻz biznesimni yaxshi koʻraman.

Agar kimdir menga “ogʻzim ochilib qoladigan” darajada miqdorni berishmoqchi boʻlsa, men tushunamanki, qayerdadir shuncha koʻproq miqdor bor.

Bu savdoning qiymati. Agar kimdir sizga narx bersa, aniq bilingki, siz koʻproq narsaga loyiqsiz. Shunday qilib, menda ishonch bor, shuning uchun sotmadim.

Qancha summaga “ogʻzingiz ochilib qoladi”?

Agar siz raqamni soʻrayotgan boʻlsangiz, bu endi shartnoma. Ish bungacha bormadi.

Siz uchun hozir katta summa nima? Masalan, biznesga taalluqli boʻlmagan miqdor.

Rostini aytganda, menda bunday aniq oʻlchov yoʻq. Balki, summa nol bilan farq qilishi mumkin.

Qancha nol sizni hayratda qoldiradi?

Bu kontekstga bogʻliq.

Shveysariyadagi hisobingizda yoki uyingiz seyfida bir necha million pulingiz bormi?

Yoʻq. Hammasi biznesda. Agar siz menga qarz berishga qaror qilsangiz, men uni olib, yangi doʻkonga qoʻyaman.

Agar biznesim boʻlsa, nega men seyfda pul saqlashim kerak?

Hatto oʻzimga biror narsa, masalan, yangi mashina sotib olmoqchi boʻlsam ham, boshida tayyor pulim boʻlmaydi, men uni olaman, keyin toʻlash usullarini qidiraman. Pul erkin degan narsa yoʻq.

Turmush oʻrtogʻingizning bu boradagi fikrlari qanday?

Roʻzgʻor, uy xoʻjaligida zarur boʻlgan hamma narsaga pul yetarli. Men yashaydigan uy 1999-yilda qurilgan. Oʻshandan beri bugungi kungacha mening biznesim tez surʼatlar bilan oʻsdi, lekin hayot tarzim oʻzgarmadi.

Tesla haqida nima deyish mumkin?

Men ilgari Mercedes C-class, keyin E-class, keyin Land Cruiser haydaganman. Avtomobillar har doim boʻlgan, men ularni yaxshi koʻraman va bu yaxshi, lekin har yili mashina almashtiradiganlardan emasman.

Men ularga bogʻlanib qolaman — 2006 yildagi Audi va Lexus hali ham yonimda. Otam tugʻilgan kun uchun oʻz mashinasini — “Volga” ni berdi. Men uni tikladim, baʼzida uni haydayman, chunki nostalgiyani qoʻmsayman.

Maza qildingizmi?

Juda. Men ota-onamni togʻlarga Muslim Magomayev qoʻshiqlari sadosida olib bordim. Ajoyib mashina … Keling, leksiyaga boramiz. Kech qolganimda asabiylashaman.

***

Zafar Komilevich har doim talabalarga maʼruza oʻqishga rozi boʻladi. Ayniqsa, agar leksiya matematikada boʻlsa. Mana suhbat davomida ana shulardan biriga bordik.

***

Barchasidan charchab, kompaniyani yopmoqchi boʻlganmisiz?

Boʻlgan. Oʻzimni charchagan, qoʻllari tushgan, shamol tegirmonlariga qarshi jang qilgan Don Kixotdek his qilardim. Baʼzida umidsizlik va gʻazabga berilgan paytlarida oʻylardim: “Hammasi hayotimga yetadi, boʻldi, balki umuman ketish kerakdir?”

Ketish? Negadir siz Londonda qolmadingiz …

Londonda men katta kompaniyada ishladim. Qolish uchun hamma imkoniyat bor edi, lekin men afsuslanmasdan Toshkentga qaytdim, yaxshi boʻlgan ekan.

Aytgancha, biz Balton Trading Asia-ni Londondagi ish beruvchim bilan hamkor sifatida ochgandik. 1996-yilda konvertatsiya yopilganda, u menga oʻz ulushini sotdi va ketdi.

Bu shuni anglatadiki, tushkunlikka tushgan paytlaringiz, demak, qaytganingizdan keyin boʻlgan. Buning sababi nima, inqiroz?

Men Turkiyaga sayohat qildim, keyin doʻstim bilan uchrashishim kerak edi. Biroq qaytib kelganimda, u qamoqda ekanini bildim. Men tushkunlikka tushgandek boʻldim. Bilaman, u axir jinoyatchi emas. Keyin, albatta, u sudda oqlandi, lekin toʻrt yilini qamoqda oʻtkazdi.

Oʻsha paytda, 2010-yillar edi, men oʻylay boshladim: “Agar meni qamashsa, bolalarim nima boʻladi?”

Keyin nima yordam berdi?

Ehtimol, ishingizga va yaratgan narsangizga boʻlgan muhabbat. Hammasidan voz kechish masʼuliyatsizdek tuyuldi.

Men oʻz biznesimga eʼtibor qaratishim, uni bu mamlakatda boʻlmagan qonunlarga muvofiq qurishim kerak, deb oʻyladim.

Siz “chet el"ni shu yerda qura oldingizmi?

Ha, men buni ichki migratsiya deb atadim. Men korzinka.uzga koʻchib oʻtdim. Men kompaniyani diktatorlik boʻlmasligi kerakligini tushunib qurdim.

Hozir kompaniyangizda hammasi sizga qulaymi? Undagi odamlar?

Menga qulay. Odamlar har xil, kimdir, ehtimol, hozir obyektiv bosimni boshdan kechirmoqda, chunki talablar oʻsib, sharoit oʻzgarib bormoqda.

Lekin men haqiqatan ham korzinka.uzda ishlaydigan odamlarni qoʻllab-quvvatlash va bu yerni ularning oilasiga aylantirishga harakat qilaman. Bu shunchaki soʻzlar emas. Biz oʻz xodimlarimiz haqida qaygʻuramiz, ularning zavqlanib ishlashlarini xohlaymiz, biz ularning xizmatlarini tan olamiz, oʻqitamiz, qoʻllab-quvvatlaymiz.

Albatta, hamma 4000−5000 odam oʻz ishidan birdek xursand boʻla olmaydi, lekin bizda ichki aloqa yaxshi rivojlangan, agar biror joyda kimdir bosim oʻtkazsa, biz bu haqda aniq bilib olamiz.

Bizda ichki ijtimoiy tarmoq, shaxsiy xabarlar bor, odamlar menga har kuni yozadilar, hayotlarida nima boʻlayotganini aytib berishadi, muammolar boʻlsa kimgadir shikoyat qilishadi.

Biz har bir holatni haqiqatan ham tushunamiz. Shuningdek, ishonch telefoni va intizom buzilishlari boʻyicha inspeksiya mavjud. Tizim kuchli va juda maxfiy ishlaydi.

Esimda, siz hamma joyda korzinka.uz — bu oʻz xodimlariga gʻamxoʻrlik qiladigan joy nomli kampaniya boshladingiz. Taxminan shu davrda men sizning ofisingizga bordim, marketing bilan shugʻullandim. Oʻshanda buxgalteriya boʻlimiga yoki boshqa boʻlimga uchradim va odamlarning kichkina stollarda oʻtirganini koʻrdim, ular bu xonada siqilib qolganini sezish mumkin.

Siz, ehtimol, biz kengayayotgan payti kelgansiz.

Biz tez oʻsdik, jamoa biz bilan oʻsdi, lekin bir vaqtning oʻzida hududni koʻpaytirish uchun hamma jarayonlarni sinxronlashtirish mumkin emasdi. Bu albatta amaliy narsalarga misol, jamoadagi muhit haqida gapiryapman.

Men hech qachon muammolar paydo boʻlmaydi, deb ayta olmayman, lekin biz ularni hal qilamiz.

Sizni nima yigʻlatishi mumkin?

Film

Yaqinlaringizni yoʻqotishdan boshqa hayotiy sharoitlar sizni yigʻlatdimi?

Vaziyat tufayli men koʻz yosh toʻkishim mumkin. Lekin men sentimental boʻlaman, ayniqsa siz kimningdir hayotiga taʼsir qiladigan voqeani koʻrsangiz yoki tinglasangiz, albatta koʻzga yosh keladi.

Haftasiga necha soat ishlaysiz?

Kuniga 10 soatdan biroz koʻproq, shanba kunlari besh-olti soat, shuningdek, kuniga olti soat uxlayman. Ammo men ishda oʻtkazgan vaqtimni toʻlaqonli ish deb hisoblayman, aytaylik, biz yoqimli suhbat qurishimiz mumkin. Umuman olganda, men haftasiga 50−55 soat ishlayman.

Sizni pul ruhlantirib yuborgan va bu sizga abadiy boʻlib tuyulgan davr boʻlganmi?

Unchalik emas, lekin men kompaniya uchun sifatli xizmatlarga koʻp pul sarfladim. Men hamma narsani qoidalarga muvofiq bajarishga harakat qildim: professional auditorlar, mutaxassislar va boshqalar. Pulingiz boʻlsa va toʻgʻri investitsiyalar qilsangiz yaxshi boʻladi. Unutmaslik kerak, baxil ikki marta toʻlaydi.

Saxiymisiz?

Men ratsional, pragmatikman, lekin ochkoʻz emasman.

“Men oʻzimga yaxta sotib olaman” kabi katta xaridlar — bu siz haqingizda emasmi?

Yoʻq, umuman yoʻq. Lekin menda qayiq bor (kuladi).

Xususiy samolyotchi?

Samolyot yoʻq, lekin men ucha olaman. Men bitta dvigatelli uchuvchi sifatida oʻqiganman, litsenziyam bor. Toʻgʻri, hozir mening litsenziyam haqiqiy emas, chunki anchadan buyon bunday parvoz qilmadim. Samolyotni ijaraga berish va uchishga ruxsat berish uchun yana uni himoya qilish kerak.

Bu bolalik orzusi edi, men uchuvchi boʻlishni xohlardim. Oʻsib ulgʻayganimda, hozir buni qila olaman deb oʻyladim. Menga jarayon yoqadi. Men yoʻlovchilar bilan yolgʻiz uchib ketdim.

Uchuvchi boʻlmaganingiz uchun afsuslanasizmi?

Yoʻq. Bu juda qiyin kasb, erkinliksiz.

Bolalikdan yana qanday orzularingizni amalga oshirdingiz?

Togʻdan shoʻngʻib, havoda 10−20 daqiqa turish.

Men sizga bir hikoya aytib beraman. Mening Balton shahridagi sobiq sherigim juda katta pulli odam. Men unga chin dildan qoyil qolaman, hatto unga namuna sifatida qaraganman. Uning turli xil bizneslari bor edi.

Kunlarning birida u birdan kompaniyalarni, ofislarni sotdi va samolyot va yaxtalarni sotib olishni boshladi. Biz Istanbulda uchrashdik, Bosforni yaxtasida mindik. Kechki ovqat paytida u oʻz samolyotida Parij operasiga qanday uchishi haqida gapirdi. Shunda men bu odamda qanday ajoyib pensiya yillari boʻlayotganini his qildim.

U keyinchalik gipermarketlar zanjirini sotib oldi. Meni chaqirdi, koʻrsatdi. Men hayron boʻldim, uning yana apelsin solingan qutilar orasida yugurishini nima keragi bor… Hatto oʻshanda menga yomon narsa yuz berganday tuyuldi ham.

Keyinchalik uning jiyani menga doimiy dam olish va bir joyda oʻtirib qolish unga yoqmay qolganini aytdi. Shunda men odam boyish uchun biznes bilan shugʻullanmasligini tushundim.

Odamlarning nimasi sizni bezovta qiladi?

Maʼlumotsizlik, agar men odam oʻqimaganligini tushunsam, darhol suhbatdan chiqib ketishga harakat qilaman.

Qabul qilinmaydigan fazilatlar yoki qadriyatlar mavjudmi?

Men oʻz xurofotiga asir boʻlgan, oʻz dunyosini kashf qilib, oʻzlarini qulflab qoʻygan odamlarni, shuningdek, ikkiyuzlamachilikni yoqtirmayman.

Siz oʻzingizni ochiq fikrli odam deb hisoblaysizmi?

Ha.

Sevimli podkastingiz?

Wondery, ular ajoyib, mahalliyga kelsak — Hoshimov Iqtisodiyoti.

***

Shu joyiga kelib suhbatimiz uzildi. Zafar Komilevich maʼruzadan soʻng boshqa yigʻilishga kech qoldi, chunki talabalar uni uzoq vaqt qoʻyib yubormadilar. Maʼruzadan soʻng, men unga oxirgi savolni berish imkoniyatiga ega boʻldim…

Muvaffaqiyatsizlikning bahosi yuqori, lekin…

Har bir ishlatilgan sent oʻzini oqlaydi.