Maskning nolga teng bo’lgan holat, uning rasmiy ravishdagi oylik maoshsiz ham yuqori daromad topganligini ifodalaydi.
Gap shundaki, 2018-yilda Tesla kompaniya rivojlanishining 10-yillik rejasini ishlab chiqqan edi. Unga ko’ra, Ilon Mask uning oldiga qo’yilgan 16 ta yo’nalish bo’yicha natija ko’rsatishi kerak bo’ladi.
Mask ularning hech bo’lmasa 12 tasini amalga oshirgan taqdirda va kompaniya kapitalizatsiyasi $650 mlrdni tashkil etganda, maxsus huquqqa (opsion) ega bo’ladi.
Bunda Mask yirik aksiya paketini bozor qiymatidan ham pastroq narxda sotib olishi mumkin.
Bloomberg baholashicha, Mask 2020-yil uchun berilgan huquqdan foydalangan va $6,7 mlrd miqdordagi rag’batlantirishga ega bo’lgan. Tadbirkorning o’zi vaziyatni quyidagicha ifodalaydi:
“Opsionlarning aksiyalarga nisbatan qo’llanilishi, odamzot 10−20 yildan so’ng Marsga yetib borishi uchun muhimliligidadir”, — deydi Twitterdagi sahifasida.
Agar Mask barcha belgilangan vazifalarni amalga oshira olsa, 2028-yilga kelib, u kompaniyaning 28% aksiyalariga egalik qiladi.