Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil 1-avgust holatiga respublikada roʻyxatdan oʻtgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13,5 mingtani tashkil etib, ulardan 12,9 mingtasi faoliyat yuritmoqda.

Ayni paytda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni quyidagichani tashkil etadi:

  • Rossiya — 2 291 ta
  • Xitoy — 1 915 ta
  • Turkiya — 1 776 ta
  • Qozogʻiston — 1 023 ta
  • Janubiy Koreya — 923 ta.

Shuningdek, xorijiy kapital ishtirokida 2021-yilning yanvar-iyul oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida boʻyicha Turkiya yetakchi boʻlib, roʻyxatda Janubiy Koreya ham bor:

  • Turkiya — 252 ta
  • Rossiya — 228 ta
  • Xitoy — 161 ta
  • Qozogʻiston — 121 ta
  • Janubiy Koreya — 64 ta.

Maʼlumot uchun, ayni paytda faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 772 taga oshgan.