Britaniyalik milliarder Richard Brenson oʻzining “Virgin Galactic Holdings Inc” aerokosmik kompaniyasidagi $300 mln lik aksiyalarini sotdi.

Brenson 10,5 mln ga yaqin aksiyalarni yoki kompaniyaning taxminan 4% ini yoʻqotdi. Biroq u hali ham 18% ulushga ega.

Tushgan daromad Brensonning sayohat va dam olish biznesini qoʻllab-quvvatlashga sarflanadi.

Brenson Virgin Galactic kompaniyasining eng yirik aksioneri boʻlib qolmoqda. Aprel oyida u boshqa korxonalarni qoʻllab-quvvatlash uchun kompaniyaga $150 mln ga yaqin qimmatli qogʻozlarni sotgandi.

Maʼlumot uchun, avgust oyining boshida “Virgin Galactic” moliyaviy hisobotlarni eʼlon qilgandi. Unga koʻra, 2021-yilning ikkinchi choragida kompaniyaning sof zarari oshib ketgan.

Avvalroq Spot “Virgin Galactic” keyingi parvoz uchun chiptalar sotuvini boshlaganligi haqida yozgan edi.