Afg’onistonda yuz bergan hokimiyat almashinuvi mamlakatning milliy valyutasi hisoblangan — afg’oni kursiga salbiy ta’sir ko’rsatdi.

Ketma-ket to’rtinchi kun davom etayotgan pasayish bir dollar uchun 83,5013 afg’onini tashkil etmoqda. Bir sutka davomida valyutaning pasayishi 1,7%ni tashkil etgan. Bu haqda Bloomberg nashri xabar bermoqda.

Afg’oniston Markaziy banki uchun vaqtinchalik boshqaruvchi vazifasini o’tab turgan Ajmal Ahmadi 15-avgust kuni mamlakatni tark etgan edi.

Mamlakatdagi vaziyat Pokiston fond bozoriga ham o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmadi. 2031-yilgacha joylashtirilgan suveren dollar obligatsiyalarining narxi 1,8 foizga pasaygani haqida ma’lumot berilmoqda.