Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylashgan “Zomin bolalar oromgohi” MChJ 100% ulushi auksionga qoʻyildi. Lot ilgari bolalar oromgohi sifatida faoliyat koʻrsatgan boʻlib, uning hududi 3,79 gektarni tashkil etadi.

Lotning boshlangʻich narxi 14,4 mlrd soʻm boʻlib, arizalar shu yilning 11-sentyabriga qadar qabul qilinadi. Savdolar esa 13-sentyabr kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Auksionda ishtirok etish niyatidagi shaxslar batafsil maʼlumotni ushbu havoladan olishlari mumkin.

Avvalroq Spot Chorvoqdagi “shohona uchastka” 7,7 mlrd soʻmga auksionga qoʻyilganligi haqida yozgan edi.