Turizm va sport vazirligi Jizzax turistik-rekreatsion zona direksiyasi direktori lavozimiga tanlov eʼlon qilinganligi haqidaxabar berdi.
Arizalar 16-sentyabrgacha qabul qilinadi.
Asosiy funksional vazifalar:
- Turistik zonada zamonaviy turizm infratuzilmasi obyektlari (mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va turistik ahamiyatdagi boshqa obyektlar) ni, turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlarni taʼminlagan holda maxsus funksional va mavsumiy rekreatsion dam olish zonalarini yaratish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy va mahalliy investorlarning investitsiyalarini jalb qilish.
- Hududning ekomuhiti imkoniyatlarini hisobga olgan holda o‘ziga xos turistik yo‘nalishlarni tashkil etish.
- Obyekt infratuzilmasini rivojlantirish (yangi barpo etish), muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, shu jumladan yo‘l, ichimlik va oqova suv tizimi, elektr tarmog‘i infratuzilmalarini yaxshilash, axborot-telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni yo‘lga qo‘yish.
- Hududda joylashgan yer uchastkalari va davlat mulki obyektlarini realizatsiya qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilish qobiliyatiga ega.
- Hududda noyob tabiiy obyektlar va majmualarni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
- Turistik zona hududida loyihalarni amalga oshirayotgan va faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda investorlar (shu jumladan, xorijiy investorlar) uchun belgilangan alohida yuqori turuvchi tashkilotlarga takliflar tayyorlash va ular ijrosini taʼminlash.
Malaka talablari:
Maʼlumoti: oliy (xorijiy va xalqaro oliy o‘quv yurtlarida tahsil olgan nomzodlar qo‘llab-quvvatlanadi).
Ish tajribasi: davlat yoki xalqaro tashkilotda kamida 1 yillik ish staji.
Xorijiy tilni bilishi: davlat tilini mukammal bilishi, ingliz tili (IELTS 5,5, TOEFL IBT 72, CEFR B2) yoki boshqa xorijiy nemis, fransuz, ispan, xitoy, koreys, yapon tillaridan kamida bittasini mukammal bilish va tegishli B2 darajasidagi sertifikatga ega bo‘lishi.
Qolgan shartlar quyidagi havola orqali.