1-sentabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshirilmoqda.
Bu haqda Prezidentning tegishli Farmoni imzolandi, deya xabar bermoqda OʻzA.
Farmonga koʻra:
- 2021-yilning 1-sentabridan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshiriladi.
2021-yilning 1-sentabridan boshlab Oʻzbekiston hududida:
- mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — oyiga 822 000 soʻm;
- bazaviy hisoblash miqdori — oyiga 270 000 soʻm;
- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 289 000 soʻm;
- yoshga doir eng kam pensiyalar — oyiga 565 000 soʻm;
- bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa — oyiga 622 000 soʻm;
- zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa — oyiga 440 000 soʻm;
- ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi pensiyalarning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda — oyiga 440 000 soʻm;
- belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik boʻyicha pensiyalari miqdori — oyiga 623 000 soʻm etib belgilandi.