Davlat statistika qoʻmitasi YAIM iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha 6 oylik yakuniy natijasinie’lon qildi.
2021-yil yanvar-iyun oylari yakunlariga koʻra, YAIM oʻsishi 6,2% ga yetdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qoʻshilgan qiymat hajmi YAIM umumiy hajmining 92,4% ini tashkil etdi va 6,1% ga oʻsdi (YAIM mutlaq oʻsishiga ta’siri 5,7 foiz punktni tashkil etdi).
Mahsulotlarga sof soliqlarning YAIM tarkibidagi ulushi 7,6% ni tashkil etdi va 7,1% ga oʻsdi (YAIM mutlaq oʻsishiga ta’siri — 0,5 f.p.).
Faoliyat turlari boʻyicha qoʻshilgan qiymatning oʻsishi quyidagicha boʻldi:
- qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligida — 1,8%;
- sanoatda — 8,5%;
- qurilishda — 0,1%;
- xizmatlar sohasida — 8,0%.