Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida metropolitenda 47,0 mln yoʻlovchi tashilgan.
Bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,4 baravarga koʻp.
Raqamlarning keskin ortib ketishini oʻtgan yilning dastlabki yarim yilligida koronavirus pandemiyasi sabab jamoat transportidan foydalanishning cheklanishi bilan izohlash mumkin.
Bundan tashqari, elektr transportida yoʻlovchi tashish ulushi quyidagichani tashkil etmoqda:
- Metro — 97,4%
- Tramvay — 2,0%
- Trolleybus — 0,6%.
Avvalroq Spot jamoat transportida foydalaniladigan “ATTO” kartalari orqali toʻlov miqdori arzonlashtirilgani haqida yozgan edi.