Endilikda emlanganlikni tasdiqlovchi sertifikatni elektron tarzda olish mumkin. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yagona portal orqali “Koronavirusga qarshi emlash” uchun elektron tarzda navbatga turish bilan birga, emlash toʻliq yakunlangach tegishli sertifikatni yuklab olish mumkin.
“Shu o‘rinda yana bir qulaylik, mazkur xizmatdan my.gov.uz mobil ilovasi orqali ham foydalanib, istalgan vaqtda navbatga yozilish va elektron sertifikatni yuklab olish imkoniyati mavjud”, — deyilgan xabarda.
Bildirilishicha, koronavirusga qarshi emlash bosqichlaridan toʻliq oʻtgan shaxslar maxsus sertifikat bilan davlat muassasalari, ovqatlanish joylari va ommaviy tadbirlarga tashrif buyurishlari mumkin.