Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar — iyul oylarida xorijiy davlatlarga qiymati $194,0 mln ga teng yengil avtomobillar eksport qilingan.
Mazkur koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan $123,0 mln ga oshgan.
Oʻzbekistonning asosiy xaridori Qozogʻiston boʻlib, avtomashinalar Ukraina va Afgʻonistonga qadar eksport qilingan:
- Qozogʻiston — $181,9 mln
- Afgʻoniston — $5,7 mln
- Ukraina — $2,3 mln
- Rossiya — $1,9 mln
- Qirgʻiz R. — $1,0 mln
- Ozarbayjon — $484,1 ming
- Tojikiston — $480,1 ming.
Avvalroq Spot Oʻzbekiston aholisida qancha yengil avtomobil mavjudligi haqida yozgan edi.