Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 2-fevralda “Toshkent viloyatida quvvati 240 MVt boʻlgan navbatdagi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaror imzolangan edi.
Mazkur qarorga asosan, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Turkiyaning „Cengiz Enerji“ (investor),"Cenergo” (loyiha kompaniyasi) kompaniyasi oʻrtasida investitsiya bitimi imzolangan.
Hozirda IESning qurilish ishlari amalga oshirilmoqda. Loyiha 150 mln dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarini jalb etgan holda barpo etiladi.
Mazkur IES ishga tushirilgandan soʻng, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va “Cengiz Enerji” oʻrtasida elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida ishzolangan bitimga muvofiq, ishlab chiqarilgan elektr energiyasini “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 25 yil davomida kafolatlangan tarzda sotib oladi.
Qibray tumanida 3,7 gektar yer maydonida qurilayotgan mazkur yangi issiqlik elektr stansiyasi joriy yilning dekabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.