2021-yilning 22-avgustidan boshlab, “Andijon-Termiz-Andijon” yoʻnalishida 660/659-sonli yoʻlovchi poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.
Haftaning yakshanba kunlari soat 14:34 da Andijondan harakatini amalga oshiradigan 660-sonli yoʻlovchi poyezdi Margʻilon, Qoʻqon, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qarshi kabi yirik shaharlardan oʻtib, Termiz shahriga yetib boradi.
Shuningdek, 659-sonli yoʻlovchi poyezdi 23-avgustdan boshlab, har haftaning dushanba kunlari soat 15:25 da Termiz temir yoʻl vokzalidan harakatini amalga oshiradi.
Avvalroq Spot “Turkiston-Chimkent-Toshkent” temiryoʻli qurilishi haqida yozgan edi.