Prezident Shavkat Mirziyoyevning qaroriga koʻra, yuk tashish uchun moʻljallangan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transport vositalarini 2025-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekistonga import qilishda ularga bojxona bojining, utilizatsiya yigʻimining va avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun avtotransport yigʻimlarining nol stavkalari qoʻllaniladi.
Ushbu toifadagi avtomobillar quyidagilar:
- “Yevro 5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan avtotransport vositalari (TIF TN kodlari 8701 20, 8704 22 (samosvaldan tashqari);
- tirkamalar va yarim tirkamalar (TIF TN kodlari 8716 31, 8716 39).
Shuningdek, YeI mamlakatlarida ishlab chiqarilgan, ishlab chiqarilganiga 7 yildan oshmagan quyidagi transport vositalari 2025-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekistonga import qilishda majburiy sertifikatlashdan ozod qilinadi:
- “Yevro 5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan yuk va maxsus avtotransport vositalari;
- avtomobil transportida yuk tashish uchun foydalaniladigan tirkamalar va yarim tirkamalar.
Avvalroq Spot “Spark” uchun shartnoma tuzish qayta yoʻlga qoʻyilganligi haqida yozgan edi.