“Chorvoq oromgohi” va “Sijjak” dam olish maskanlari boʻyicha talabgorlardan takliflarni qabul qilish muddati 2021-yil 6- senyabrga qadar uzaytiriladi. Bu haqda Davaktiv boshqarmasixabar berdi.
Bundan ko’zlangan asosiy maqsad yanada ko’proq investorlarni jalb qilish va shaffof savdo jarayonlarini ta’minlashdir.
Eslatma: “Piramidalar” 8 ta lotga boʻlingan holda ommaviy savdoga qoʻyilganligi haqida xabar bergan edi.
Talabgorlar tomonidan bir yoki bir nechta lotlar boʻyicha takliflar taqdim etilishi mumkin. Bunda, har bir lot boʻyicha takliflar alohida-alohida beriladi.
Davlat aktivlaridan kelgusida mehmonxona yoki boshqa turizm infratuzilmasi obyektini barpo etish talabi qoʻyiladi.
Ma’lumot uchun, yuqoridagi dam olish maskanlarining sotuvga chiqarilishi xususida Spot mart oyida xabar bergan edi. Sotish 2-bosqichda amalga oshiriladi — malakaviy saralash va talabgorlarning sotib olish qobiliyatini baholash.