Xabaringiz bor, bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashdi. Yigʻilish davomida ayrim oʻzgarishlar haqida soʻz bordi.
Xususan, pandemiya umumiy ovqatlanish va turizm uchun noqulay iqtisodiy vaziyatlar keltirayotganini hisobga olib jami 13 mingta umumiy ovqatlanish korxonasini yil yakuniga qadar yer va mulk soligʻidan ozod qilinishi maʼlum qilindi.
Taʼkidlanishicha, bu tadbirkorlarga 30 mlrd soʻm qoʻshimcha koʻmak deganidir. Ularning boshqa soliqlardan mavjud 35 mlrd soʻm qarzlari muddatlari joriy yil yakunigacha uzaytiriladi, shuningdek, kreditlarini qaytarish ham kechiktiriladi.
Bundan tashqari, Prezident tomonidan turizm kompaniyalari va mehmonxonalarni turistik yigʻimlardan 2 yil muddatga ozod qilish taklifi berildi.
Mavzuga doir: