Mualliflik huquqining amal qilish muddati uzaytirildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, intellektual mulk sohasida ayrim qonunchilik hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.
Yangi oʻzgartirishlarga koʻra, mualliflik huquqi muallifning vafotidan keyin 70 yil davomida amal qilishi belgilandi. Ilgari ushbu muddat 50 yil edi.
Qonunga koʻra, tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma berilganidan soʻng Intellektual mulk agentligi talabnoma haqidagi maʼlumotlarni veb-saytiga 1 ish kunida joylashtiradi.
Ushbu eʼlon asosida manfaatdor shaxslar Intellektual mulk agentligiga talabnoma nohalol topshirilgan ariza haqida eʼtiroz bildirishi mumkin.
Bildirilishicha, qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.