Facebook eng koʻp koʻrilgan kontent haqidagi birinchi hisobotini eʼlon qildi. U endi har chorakda chiqariladi, hozircha faqat AQSh, keyinchalik boshqa mamlakatlarni ham qamrab oladi, deya yozmoqda “vc.ru”

Hisobot 2021-yil 1-apreldan 30-iyunigacha AQShda yangiliklar tasmasidagi (lenta) ommaviy kontentni, shu jumladan tavsiya etilgan kontentdan kelib chiqib tayyorlandi. Reklamaga oid statistikalar hisobotdan joy olmadi.

Tadqiqot natijalariga koʻra, koʻrilgan xabarlarning 57% foydalanuvchining doʻstlari yoki ular kuzatadigan odamlarga tegishli. 19,3% — guruhlar, 14,3% — turli sahifalardir.


Foydalanuvchilar tashqi havolalari xabarlarni deyarli oʻqimaydilar. Shu sabab 87,1% koʻrilgan kontentlarda tashqi havolalar yoʻq.

Havolali nashrlar tarkibining 12,9% ni tashkil qiladi: ulardan 2,3% doʻstlar va foydalanuvchi obuna boʻlganlar sahifalarda, 6,6% — guruhlardan joy olgan.

Ijtimoiy tarmoq, shuningdek, eng koʻp koʻrilgan nashrlarda topilgan eng yaxshi 20 ta havolani taqdim etdi, biroq ular ham atigi 0,1% koʻrilgan.