Keyingi avlod iPhone qurilmalari sentyabr oyida taqdim etilishi kutilmoqda. Shunday boʻlsa-da internetda qurilmalar haqida maʼlumotlar urchib yuribdi. Masalan, Bloomberg-ning xabar berishicha, Apple iPhone 13 ekrani ostida Touch ID barmoq izi sensorini sinovdan oʻtkazgan, biroq uni amalga oshirishdan bosh tortgan.
Mark Gurmanning soʻzlariga koʻra, kompaniya hali ham Face ID-ga pul tikmoqda. Yuzni aniqlash texnologiyasi pandemiya va niqob rejimida tanqid qilindi, biroq Apple ishlab chiqarishni optimallashtirmoqda va TrueDepth sensorlarini displey ostiga oʻrnatishga harakat qilmoqda.
Ammo bu tartib faqat iPhone-ning Pro versiyasi uchun moʻljallangan boʻladi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, iPhone 13 tarkibidan takomillashtirilgan A15 Bionic chipli toʻrtta model va yangi suratga olish imkoniyatlari joy oladi.
Avvalroq Spot Apple-ning sentyabrda chiqadigan yangi qurilmalariga qanday funksiyalar qoʻshilganligi haqida yozgan edi.