Chorvoq zonasida joylashgan “Rangli metall” instituti oromgohi bino va inshootlari uchun arizalar qabul qilish muddati uzaytirildi. Bu haqda E-auksion sayti xabar bermoqda.
Yer uchastkasining umumiy maydoni 2,6 gektar, bino va inshootlar hududi — 899,8 kvadrat metrni tashkil etadi. Elektr va suv bor.
Yangi egasi 24 oy ichida bu joyda 50 xonali mehmonxona hamda dam olish zonasini tashkil qilishi kerak.
Lotning boshlangʻich narxi — 4,6 mlrd soʻm. Talabgorlar tomonidan 4 674 127 200.96 so’m taklif etilgan, ammo tasdiqlanmagan.
Arizalar 28-avgustgacha qabul qilinadi, auksion 30-avgustda boʻlib oʻtadi.
Iyul oyining o’rtalarida Spot, Chorvoqdagi yana ikkita zona auksionga qoʻyilganligi haqidaxabar bergan edi.