Olmazor tumanini innovatsion hududga aylantirish yuzasidan oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzoladi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga koʻra, Innovatsion mahsulotlar va xizmatlar, jumladan, yangi qurilmalar, materiallar va texnologiyalarni Olmazor tumanda joriy etish, oʻzaro manfaatdor yoʻnalishlarda hamkorlikdagi ilmiy-tadqiqotlar uchun zamin yaratish hamda tumanning zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini takomillashtirish nazarda tutilgan.
Endilikda tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini oʻrnatish va uning doirasida ilmiy-tadqiqotlarni tashkil qilish va rivojlantirish boʻyicha majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi.
Bunda Innovatsion rivojlanish vazirligi ilmiy, startap loyihalar tanlovlarini tashkil etish, oʻtkazish, gʻoliblarni tanlab olish ishlarini amalga oshiradi, tanlovga taqdim etilgan loyihalarni tanlov komissiyasiga kiritadi va vazirlik hayʼati hamda moliyaviy-iqtisodiy ekspertizadan muvaffaqiyatli oʻtgan loyihalarini moliyalashtirish masalasini koʻrib chiqadi.
Toshkent shahri Olmazor tumani hokimligi, oʻz navbatida, tumanda innovatsion loyihalarni amalga oshirish va joriy etish maqsadida mahalliy hokimiyat byudjeti hisobidan loyihalarni moliyalashtirish uchun mablagʻ ajratadi. Shuningdek, ilmiy tadqiqotlar natijasida yaratilgan loyihalarni amalga oshirish uchun oʻrnatilgan tartibda joylarni belgilaydi.