Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask 100 ming dona Starlink terminallari ishga tushirilgani haqida xabar berdi.
Iyun oyining oxirida SpaceX kompaniyasi sentyabrda butun dunyoga sunʼiy yoʻldosh internetini taqdim etishni rejalashtirganligi haqida xabar berilgan edi.
Bu borada yer yaqinidagi orbitaga 12 mingta sunʼiy yoʻldoshni joylashtirish koʻzda tutilgan. Xarajatlar taxminan $10 milliardga tushadi.
Biroz vaqt o’tib esa loyiha avgust oyidayoq ishga tushirilishi haqida kompaniya e’lon bergan edi.
Starlink internetiga oylik obuna soliqlarni hisobga olmagan holda butun dunyo bo’ylab $100 (yo'ldosh $500) ni tashkil etadi.
Shuningdek, Mask chekka hududlarda yashaydigan va sharoiti og’ir aholi uchun internet narxlari 200−350 dollargacha tushirilishi mumkinligi haqida ham aytib o’tgan.
Ma’lumot uchun: SpaceX va GEC 2022-yilda kosmosda reklama translyatsiya qilishni boshlashi haqida yozib o’tilgan edi.
Geometric Energy Corporation (GEC) kompaniyasi bosh direktori va asoschisi Samuel Rid Insider nashriga bergan intervyusida kosmosga chiqarilgan sputnikning bir tomonidan yirik displey mavjud bo’ladi.
Bu orqali reklama, logotiplar translyatsiya qilinadi va Twitch va Youtube’da namoyish etiladi.
Reklama beruvchilar savdo ishlarini tokenlarda (efirium) amalga oshiradilar. Keyinchalik esa Dogecoin’da sotib olishni yo’lga qo’yish ham rejalashtirilmoqda.