Richard Brensonning sun’iy yo’ldosh uchiradigan “Virgin Orbit” “NextGen” SPAC — kompaniyasi bilan birlashish yo’li orqali birjaga chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda incrussia nashri xabar berdi.
SPAC (special-purpose acquisition company) — bu boshqa xususiy kompaniya bilan birlashish maqsadida tuzilgan maxsus kompaniya bo’lib, birlashish natijasida xususiy kompaniya IPO' ning standart boshlang’ich tartibini chetlab o’tadi.
Bunday usul orqali birjaga tez muddatda qo’shimcha kapital to’plashi kerak bo’lgan va uncha katta bo’lmagan kompaniyalar kirishlari mumkin. Buning yordamida kompaniya ortiqcha ma’lumotlar ochiqligini ta’minlashdan ozod etiladi
Taxminiy ma’lumotlarga ko’ra, birlashtirilgandan so’ng kompaniyalarning umumiy bahosi $3,2 mlrdga baholanmoqda. Virgin Orbit $483 mln jalb etishni reja qilmoqda. Undan $100 mln miqdori xususiy investitsiya bo’lishi kutilmoqda.
Birlashuv yakunlanib, birjada joylashtirilgach, aksiyalar VORB.tikeri ostida NASDAQ da savdoga chiqariladi.
Investorlar orasida Virgin Group va Mubadala Investment (BAA), shuningdek, Boeing Co aviakompaniyasi bor.