Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov “IT-Park” Namangan viloyati filialining oʻquv markaziga tashrif buyurib markazda olib borilayotgan ishlar bilantanishdi.
“IT-Park” Namangan viloyati filiali tomonidan Xalqaro raqamli universitet (IDU)ni tashkil etish boʻyicha loyiha taqdimoti tashkil etildi.
Bundan tashqari, “Biometrik bogʻcha” (“Aqlli bogʻcha”) dasturi taqdimoti oʻtkazildi.
Mazkur loyiha vazirlik tomonidan ijobiy baholanib, ushbu dasturni Namangan viloyatining 10 ta maktabgacha taʼlim muassasasida va respublikaning har bir viloyatida ham 10 tadan muassasada sinov tariqasida ishga tushirilishi uchun startap loyiha sifatida mablagʻ ajratib berilishi taʼkidlandi.
Shu bilan birga, “Welcome to Namangan” platformasi va boshqa dasturlar taqdimoti ham namoyish etilib, ushbu loyihalarni ham kelgusida qoʻllab-quvvatlanishi bildirildi.
Tashrif davomida, “IT-Park” rezidenti “United IT club” tomonidan “Temir daftar"dagi yoshlarning 200 nafarini axborot-texnologiyalari sohasida maxsus kurslarda oʻqitish boʻyicha loyihasi taqdimot qilindi. Mazkur loyiha ham startap loyihalar davomida vazirlik tomonidan moliyalashtirilishi va amaliyotga tatbiq etilishi borasida kelishuvga erishildi.