“Investitsiya loyihalarini tashqi infratuzilma bilan taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2021-yil 1-oktyabrdan investorning qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan, uning o‘z mablag‘lari ulushi 25 foizdan kam bo‘lmagan, investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarini zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlash Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Qiymati 200 milliard so‘mdan oshadigan investitsiya loyihalari doirasida byudjet ssudasi mablag‘lari:

  • elektr energiyasi tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari uchun — “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJlarga;
  • tabiiy gaz tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari uchun — “O‘ztransgaz” AJ va “Hududgaztaʼminot” AJlarga ajratiladi.

Avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar moliya bosh boshqarmalari huzuridagi avtomobil yo‘llarini rivojlantirish jamg‘armalari hisobidan amalga oshiriladi.